Bernardu Silva jurnalist tufayli APL chempionligi haqidagi fikrini o'zgartirdi
02 apr 23:23
Yangiliklar
Bernardu Silva jurnalist tufayli APL chempionligi haqidagi fikrini o'zgartirdi
Uchrashuv davomida bir necha xavfli vaziyatlar yaratganiga qaramay, Pep Gvardiola shogirdlari bir ochko bilan kifolanishdi. "Liverpul" esa "Brayton"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, peshqadamga aylandi.
Ayni damda "Siti" "Liverpul"dan uch, "Arsenal"dan esa bir ochko ortda qolgan holda turnir jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda.
"Kanonirlar"ga qarshi bahsdan so'ng "shaharliklar" yarim himoyachisi Bernardu Silva o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Portugaliyalik futbolchi "Endi raqiblarimizni ochko yo'qotishini kutishga majburmiz. Biroq hali ko'p narsa o'zgarishi mumkin, chunki oldinda etti o'yin bor..." dedi.
Muxbir esa "Hali to'qqizta o'yin bor" deya uning xatosini tuzatdi.
Silva esa "Yo'g'-ey, to'qqiztami? Unda bizga yaxshi ekan. Biz chempionlik uchun kurashga qaytdik", deya hazillashdi.
Fikrlar