Bernardu CHL finalida "Siti" - "Atletiko" bahsi bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi

Alisher
27 iyul 2020, 13:50
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Chempionlar Ligasidagi maqsadlari haqida gapirdi.

- "Benfika"ning ikki tarbiyalanuvchisi o'ynaydigan "Siti" va "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi final o'yini sizlarning qadrdon stadionlaringizda bo'lishi mumkinligi tasavvur eta olasizmi?

- Zo'r bo'lardi, chunki bu mening finalda ishtirok etishimni anglatardi. Agar shunday bo'lsa, men buni rad qilmayman.

- Ammo, finalda "Atletiko"ga qarshi g'alabalaringiz do'stingiz Joau Feliksni biroz yig'lashga majbur etishi mumkin.

- Ammo, men har qanday futbolchi kabi yutishni xohlayman, shunday ekan Joau Feliks biroz yig'lashiga to'g'ri keladi (kuladi). To'g'risini aytganda, bu musobaqada ko'plab jamoalar bor va ularning har qaysilari finalga qadar yetib kelishlari mumkin, - deydi Silva.


Eslatib o'tamiz, "Atletiko" o'z tarixida 3 bor Chempionlar Ligasining finaliga chiqqan, ammo madridliklarga omad kulib boqmagan. "Siti"ning CHLdagi eng yaxshi ko'rsatkichi esa yarim final (2016) hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca