So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Berdiyor Mamurov: "Birgina oddiy xato mag'lubiyatga uchrashimizga sabab bo'ldi" Yangiliklar

Berdiyor Mamurov: "Birgina oddiy xato mag'lubiyatga uchrashimizga sabab bo'ldi"

Pro liga 13-turdan o'rin olgan "Zomin" - "Neftchi"(2:4) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa murabbiyi Berdiyor Mamurov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Jangovar va hujumkor o'yin bo'ldi. Yigitlar maydonga yutuq uchun chiqishgandi. Hisob 0:2 bo'lib turgan vaqtda gol urib muvozanatni tikladik. O'yinda ustunlikni ham o'z tomonimizga og'dirishga ham erishdik. Darvozabonimizning oddiy xatosidan keyin raqib hisobda oldinga o'tib oldi, bu esa futbolchilarning ruhan tushkunlikka tushishiga sabab bo'ldi. Oxirgi daqiqalar, yuqori temp holatida biz buni topib bera olmasdik. Birgina oddiy xato katta mag'lubiyatga sabab bo'ldi",- deydi Berdiyor Mamurov.

- "Zomin" birinchi raqam ostida o'ynadi va qarshi hujumlarda gol o'tkazib yubordi. Bu jamoaning himoya chizig'ini zaifligini anglatadimi?
- Jamoamizda yosh futbolchilar bor. Albatta, bunday paytda tajribasizlik pand berishi mumkin. Himoyachilarimiz yosh va nisbatan tajribasiz. Mudofaa chizig'imizda kamchiliklar borligi rost.

- Bosh murabbiyning matbuot anjumaniga kirmasligini boisi nimada?
- Murabbiy ham yosh va umidli. Katta maqsadlar bilan jamoaga kelgan. Xatolar ustida ishlayapmiz. Yigitlar harakat qilyapti. Vaziyatlar sodir etyapmiz, temp bor, jangovarlik bor. Lekin natija yo'q. Murabbiy aytganimdek yosh, har bir o'yinda yutish uchun harakat qilyapti. O'zi shakllantira olmagan jamoaga kelish har qanday murabbiyga ham og'ir. Rahbariyat oldida javobgarlik bo'ladi, masuliyati katta. Balki, shu narsalarga bardosh bera olmayotgandir.

- Jamoada moliyaviy holat qanday? Eshitishimizga qaraganda oylik maoshlar berilmoqda...
- Oylik maosh olib kelindi. Mukofot pullari ikki hissa berilishi aytilgandi. Bugun yutganimizda yigitlarni rag'batlantirardik. Lekin, jamoaning oldida qarzdorlik yo'q. Maoshlar vaqtida berilyapti. Ovqat, yotoqxona va boshqa kamchiliklar yo'q. Maydonimiz ham ajoyib. Faqat ishlash kerak.

- "Zomin"ning so'nggi pog'onada borayotganiga asosiy sabab nima?
- Futbolchilar o'rtasida hamjihatlik yaxshi. Ikkinchi davrada yosh futbolchilarni ko'paytirdik. Yoshlar bilan jamoani shakllantirishni maqsad qildik. Ko'p tajribali futbolchilarni jalb qila olmadik.

- SHerzod Jalilov bugun nima uchun maydonga tushmadi?
- Unda jarohat bor. SHerzod Jalilovning o'rni bilinyapti. Lekin, sog'lig'i va jarohati maydonga tushishiga halaqit bermoqda.
"Muxlislarbop o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Ikki jamoa ham hujum qildi. Murabbiyimiz aytganidek darvozabonimizning kichkina xatosi o'yinni o'zgartirib yubordi. Yutishimiz mumkin bo'lgan uchrashuvda futbolchilar ruhan sinib qolishdi",- deydi Abdumutal Tursunqulov.

- Jamoaning yarim himoyasi kuchli. Lekin, darvoza va himoya chizig'i zaif degan fikrga qanday qaraysiz?
- Jamoa deganda umumiy qaraladi. Himoya yoki hujum deb ajratilmaydi. Gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda bizning ham aybimiz bor, qaerdadir yarim himoyachilar ulgurishmadi. Faqat himoyani kuchsiz deyish noto'g'ri bo'ladi.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика