So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Интер" "Аталанта"ни "аямай савалади"  2 01:39Расман: "Манчестер Юнайтед" 60 миллионлик трансферни эълон қилди  1 01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  5 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  2 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   12 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  14 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  5 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  8 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  8 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  3 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  21 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  8 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  391 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  52 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  1

Berdievning qaytishi, Maguayrning "shogirdi", oyog'i osmondan bo'lgan tablo - "Paxtakor" –"Nasaf" uchrashuvi nimasi bilan yodda qoldi va futbolchilar necha ballga loyiq ko'rildi? Yangiliklar

Berdievning qaytishi, Maguayrning "shogirdi", oyog'i osmondan bo'lgan tablo - "Paxtakor" –"Nasaf" uchrashuvi nimasi bilan yodda qoldi va futbolchilar necha ballga loyiq ko'rildi?

Teglar :  PaxtakorNasaf
Bir necha soatlar ilgari CHempionlik o'yini deya atalgan bahs nihoyasiga etdi.

BERDIEV QAYTDI

JAROHAT OLGAN A'ZAMOV

JABRDIYDA MAZGOVOY

MAGUAYRNING "SHOGIRDI"

OYOG'I OSMONDA BO'LGAN TABLO

FUTBOLCHILAR NECHA BALLGA LOYIQ? 

FUTBOL MUXLISLARI QANDAY FIKRDA?

SUPERLIGADAGI KELGUSI O'YINLAR


Qashqadaryo klubi uchun tarkib jihatdan begona bo'lmagan "Paxtakor" "Navbahor"ning ochko yo'qotishidan unumli foydalana olmadi. Aksincha, "Nasaf" 6 ochkoga teng g'alabani tantana qildi. Ko'pchilik Angliyadagi xokkeysifat futbol bir chetda qolib, o'zimizning qorako'zlar ishtirokidagi yagona gol hal qilgan uchrashuvga diqqatini qaratdi. Xo'sh, mazkur bahs nimasi bilan xotira kartamizda "soxranit" bo'lib qoldi.

BERDIEV QAYTDI

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, hakamlar shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va maydondan chetlatilgan Ro'ziqul Berdiev 3 o'yinga diskvalifikaciya qilingandi. "Ajdarlar" yo'lboshchisining jazo muddatini yakunlab qaytishi peshona terisini to'kadigan o'yinga to'g'ri keldi, biroq qarshiliklar ustozini mulzam qilishmadi hamda 2001-yildan beri davom etib kelayotgan noxush ananaga chek qo'yishdi.


JAROHAT OLGAN A'ZAMOV


"Paxtakor"ning tajribali himoyachisi joriy mavsum jarohatlar hamda chetlatishlar tufayli atigi 10 o'yinda ishtirok etdi. Kecha bahsda ham butun o'yin davomida faol harakat qilgan hujumni bartaraf qilish jog'ida eski jarohatini qo'zg'ab oldi hamda 71-daqiqada zaxiraga olindi.


JABRDIYDA MAZGOVOY


Azamov kabi ko'ngilsiz holat "Nasaf" yarim himoyachisi bilan ham sodir bo'lio'shi mumkin edi. Xayriyatki, unday bo'lmadi. 4-daqiqadayoq ushbu raqamdagi jamoadoshi bilan to'qnashib ketgan Akmal bosh qismidan lat edi va bosh qismini "Brilliant qo'l" filmidagi ichida zeb-ziynatlari bo'lmagan matodan o'rashga majbur bo'ldi. Oradan etti daqiqa o'tar-o'tmas maydon markazida oyoq qismining ham shunday holga tushishi uchun "Paxtakor" futbolchilari harakat qilib ko'rishdi, Hamdamov hakam tomonidan sariq rangdagi esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi. Qolaversa, 66-daqiqada ham raqib hujumi chog'ida oyoqlarida og'riq sezdi. 79-daqiqada Fayzullaev tomonidan yiqitildi. SHunga qaramay, Mozgovoy uchrashuvni deyarli to'liq o'tkazdi.


MAGUAYRNING "SHOGIRDI"


Uchrashuvning 78-daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada "Paxakor" himoyachisi bosh bilan to'pni darvozabonga uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Raqib tomonidan oshirilgan to'pni unchalik katta bosim ostida bo'lmagan himoyachi o'z darvozasiga to'g'rilab qo'yishiga bir bahya qoldi. Yaxshiyamki, Quvvatov o'z vaqtida xavfni bartaraf etdi, aks holda videomontajchi hamkasbimiz tomonidan Maguayrga qiyoslanadigan yana bir shedevr lavhadan bahramand bo'lardik.


OYOG'I OSMONDA BO'LGAN TABLO

Hamma ham xato qiladi, bu tabiiy holat. Ayniqsa, hakamlik masalasi joriy mavsumning eng ko'p tilga olinadigan jumlalardan biriga aylandi. Faqatgina bosh hakamu, bayroqcha ushlab olgan assistentlarni yodga olmasdan, zaxira hakamini ham yo'qlashni joiz topdik. 79-daqiqada "Nasaf"da ikki o'zgarish amalga oshirildi. Dastlab Alibek Davronov Oybek Bozorov o'rniga maydonga tushirildi. So'ngra Suhrob Nurulloev Marko Stanoevichni almashtirishi lozim edi. Tabloga javobgar hakam esa uni teskari holatda ushladi va buni o'zi sezmadi.


FUTBOLCHILAR NECHA BALLGA LOYIQ? (10 ballik tizimda)

"Paxtakor": 

35.Sanjar Quvvatov - 5,5

3.Hojiakbar Alijonov - 5

5.Oleksandr Nasonov - 5

23.SHerzod Azamov - 6.5

88.SHahzod Azmiddinov - 5,5

7.Odiljon Hamrobekov - 6

17.Dostonbek Hamdamov - 5

27.Sardor Sobirxo'jaev - 6,5

8.Azizbek Turg'unboev - 5,5

10.Dragan CHeran - 5,5

19.Pshemislav Banashak - 6

42.Abbosbek Fayzullaev - 5,5

46.SHahriyor Jabborov -

63.Muhammadali O'rinboev - 5

77.Dostonbek Tursunov - 5,5

"Nasaf": 

35.Abduvohid Nematov - 6

4.Husniddin Aliqulov - 6,5

5.G'olib G'aybullaev - 7

8.Dilshod Saitov - 7

10.Husayn Norchaev - 5

19.Lima Kruz Mateus - 6,5

22.Akmal Mozgovoy - 7

34.SHerzod Nasrullaev - 6

77.Oybek Bozorov - 6,5

88.Marko Stanoevich - 6,5

92.Umarbek Eshmurodov - 6,5

2.Alibek Davronov - 6

6.Murodbek Rahmatov -

9.Ivan Solovyov - 5,5

17.Suhrob Nurulloev - 5,5

20.SHahzod Akramov -


FUTBOL MUXLISLARI QANDAY FIKRDA?


SUPERLIGADAGI KELGUSI O'YINLAR

"Paxtakor"

"Surxon" (safarda);

"Qo'qon-1912" (uyda);

"Lokomotiv" (uyda);

"So'g'diyona" (uyda);

"Qizilqum" (uyda);

"Bunyodkor" (safarda).


"Nasaf"

"So'g'diyona" (uyda);

"Qizilqum" (safarda);

"Bunyodkor" (uyda);

"Dinamo" (uyda);

"Neftchi" (uyda);

"Olimpik" (safarda).

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика