So’nggi yangiliklar

08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  0 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  1 08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  1 07:37U-18 терма жамоамиз Беларусга ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  2 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  5 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  9 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  28 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4

Berdiev va Gevorkyan – sentyabr oyi laureatlari! Yangiliklar

Berdiev va Gevorkyan – sentyabr oyi laureatlari!

O'zbekiston chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo'yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma 2-6 oktyabr kunlari bo'lib o'tdi.
So'rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 12 nafar murabbiy va 17 nafar futbolchini g'oliblikka davogar sifatida ko'rsatishdi.

Murabbiylar o'rtasidagi kurashda Nasaf bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 78 ochko to'pladi va 2-o'rinni egallagan Mashal bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovni 23 ballga ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Etiborli tomoni, sentyabr oyi so'rovnomasida jurnalistlar Ro'ziqul Berdievni 10 marta birinchi o'ringa loyiq murabbiy sifatida ko'rsatishdi.

Futbolchilar orasida esa sentyabr oyi yakunlariga ko'ra Nasaf yarim himoyachisi Artur Gevorkyanga teng keladigan futbolchi topilmadi. Yarim himoyachi sentyabr oyi so'rovida o'zining eng yaqin taqibchisi, Muborakning Mashal jamoasi hujumchisi Zohir Qo'ziboevni 10 ballga ortda qoldirdi va 64 ball bilan 2014 yil hisobidan birinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Malumot o'rnida, mart-noyabr oylarida o'tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O'zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

Oyning eng yaxshi o'yinchisi so'rovnomasi sentyabr oyi kuchli beshligi:
1. Artur Gevorkyan (Nasaf) – 64 ball;
2. Zohir Qo'ziboev (Mashal) – 54 ball;
3. Viktor Klishin (SHo'rtan) – 30 ball;
4. SHuhrat Muhammadiev (Nasaf) – 27 ball;
5. Vohid SHodiev (Bunyodkor) – 15 ball.

Oyning eng yaxshi murabbiyi so'rovnomasi sentyabr oyi kuchli beshligi:
1. Ro'ziqul Berdiev (Nasaf) – 78 ball;
2. Aleksandr Xomyakov (Mashal) – 55 ball;
3. Vadim Abramov (Lokomotiv) – 51 ball;
4. Sergey Lushan (Bunyodkor) – 34 ball;
5. Furqat Esonboev (Oqtepa) – 10 ball.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика