Berdiev o'z ustoziga qo'ng'iroq qilib pul yo'qligidan nolidi
29 okt 2018 11:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460294_original.jpg)
![](/upload/storage/460294_220.jpg)
Berdiev o'z ustoziga qo'ng'iroq qilib pul yo'qligidan nolidi
Sobiq Ittifoqda xizmat ko'rsatgan murabbiy German Zonin "Rubin"dagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi.
- Bir necha kun oldin Qurbon Berdiev menga qo'ng'iroq qildi. Klubda pul yo'qligidan nolidi. Bir paytlar u mening qo'l ostimda Rostovning SKA klubida o'ynagandi. O'shanda bazida suv ham bo'lmasdi, biroq Moskva klublariga qarshi kuchli shijoat bilan maydonga tushardik.
- Berdievga qandaydir maslahatlar berdingizmi?
- Bugungi kunda "Rubin" hujumda faqat Azmunga suyanishi mumkin. Standart vaziyatlarga ko'proq urg'u berish kerak. Eng asosiysi markaziy himoyachilarning harakatiga etibor kerakligini aytdim. Umid qilamanki, Bu maslahatlar "Spartak"ni mag'lub etishga yordam beradi, — deydi Zonin.
"Rubin" — "Spartak" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar