Berbatov: "Sancho o'ylanib o'tirmasligi kerak"
26 iyu 2020 11:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583251_original.jpg)
![](/upload/storage/583251_220.jpg)
Berbatov: "Sancho o'ylanib o'tirmasligi kerak"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Dimitar Berbatovning fikriga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Jeydon Sancho MYUga o'tishi kerak.
"Sanchoning MYUga o'tishi borasida ko'plab mish-mishlar bo'ldi. U angliyalik, MYU esa uni o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. U o'ylanib o'tirmasligi kerak.
Oldin ham aytganman, unda barcha sifatlar bor. APL orqali uning o'yinlarini Garet Sautgeyt kuzatib borishi uchun ham qulay.
Lekin uni sotib olmaslik MYU uchun katta yo'qotish bo'lmaydi, tarkibda Reshford, Jeyms, Marsyal, Grinvud kabi futbolchilar bor.
Sulsher asta-sekinlik bilan jamoani yoshartirmoqda. Ko'rib turibmiz, klubning yo'li to'g'ri tanlangan. Lekin Sancho MYUga o'tsa, yaxshi ish bo'lardi", - dedi Berbatov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar