Berbatov: "MYUning Evropa ligasiga tushib ketishi fojea emas"
08 dek 2020 22:22
Yangiliklar


Berbatov: "MYUning Evropa ligasiga tushib ketishi fojea emas"
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov mankunianliklarning "Leypcig"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Odamlar "Leypcig"ga yaxshi baho bermayotgani meni tashvishga solyapti. Garchi o'tgan o'yinda 5:0 hisobida yutgan bo'lishiga qaramasdan, MYUda katta muammolar bo'lishi aniq. O'z navbatida "Leypcig" ham qo'lidan kelganicha pley-offga chiqish uchun intiladi.
Jamoaning murabbiyi ajoyib. MYU esa safardagi o'yinlarni yaxshi o'tkazyapti. "Yunayted" juda ideal o'yini orqaligina guruhdan chiqishi mumkin.
Guruh bosqichidan chiqa olmasa ham fojeali holat bo'lmaydi. CHunki MYU o'tgan mavsum ECHL finalida o'ynagan jamoa emas. Quvonarlisi, guruhdan chiqish MYUning qo'lida", - dedi Berbatov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar