Benzemaning tovon pulini eshitib yoqa ushlaysiz!
12 sen 2017 17:44
Yangiliklar


Benzemaning tovon pulini eshitib yoqa ushlaysiz!
"Real" hujumchisi Karim Benzema tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Avgust oxirida franciyalik futbolchi madridliklar bilan 2021 yilgacha belgilangan yangi bitim tuzishi elon qilingan edi.
Malumotlarga ko'ra, shu haftada shartnoma uzaytirilgani rasman xabar qilinadi. 29 yoshli forvardning bitimdagi tovon puli 1 mlrd. evroga etadi.
Benzema 2009 yil "Lion"dan "Real"ga o'tgan edi. Forvard "qaymoqranglilar" safida 371ta rasmiy o'yin o'tkazib, 182 ta gol urdi va 104ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar