So’nggi yangiliklar

09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  10 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  3 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  3 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  15 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9

Benzemaning o'rniga: "Real" uchun ehtimoliy forvardlar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Benzemaning o'rniga: "Real" uchun ehtimoliy forvardlar (mutolaa uchun)

"Qirollik" klubi uchun yangi hujumchilarni yig'amiz.

Har mavsum Madridning "Real" klubi uchun yangi forvard izlash mavzusi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Karim Benzema hali ham yuqori darajadagi ishtirok uchun yaxshi, ammo u allaqachon 35 yoshda. Francuz so'nggi vaqtlarda ko'proq jarohat olmoqda va ehtiyotkorlik maqsadida o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur. Benzema katta ehtimol bilan kelasi mavsum ham "qaymoqranglilar" bilan qoladi, ammo bu "blankos"ga yangi hujumchi kerakligi haqidagi faktni bekor qilmaydi. Ispaniyaning amaldagi chempionlari uchun mos nomzodlar bor.


Kilian Mbappe (PSJ)

Mbappe o'tgan yozda "Real"ga o'tishi mumkin edi, ammo PSJda qolishga qaror qildi. Kilianning qarori keng miqyosda muhokama qilindi, sababi "qirollik klubi"ga o'tish deyarli hal qilingan masala edi. Ammo, francuz yakunda parijliklar bilan 2025 yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzoladi. Ammo, bu hali hech narsani anglatmaydi. Francuz OAV 24 yoshli hujumchi bir necha oylardan so'ng klubini o'zgartirishi mumkinligini yozmoqda. PSJ vakillari yana o'yinchi bilan muzokaralar o'tkazishadi.

Mbappening "Real" bilan tarixi yaxshi holatda yakunlanmadi. Ammo, ehtimol yakunlanmagandir ham. Mish-mishlarga ko'ra, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres yosh forvardni o'tgan yilgi qarori uchun kechirishga va uni "Bernabeu"da qabul qilishga tayyor. Bu hali ham ikki tomon uchun ham yutuqli variant. "Qaymoqranglilar" uzoq muddat uchun sifatli hujumchini olishadi, Kilian esa CHempionlar ligasini yutish imkoniyatini, balki bir marta emas.



Xarri Keyn ("Tottenxem")

Keynni muntazam ravishda "Real" bilan bog'lashmoqda, ayniqsa uning "Tottenxem" bilan shartnomasi bir yarim yildan so'ng yakuniga etishini hisobga olsa. "SHporlar"ning eng yaxshi to'purari bir necha yildirki London klubidan ketadi yoki qoladi. Ammo, angliyalikni kelasi yoz transfer bozorida ko'rish imkoniyati juda yuqori. Keynni allaqachon "Tottenxem"da hech narsa ushlab turmayapti. SHartnoma yakunlanmoqda, murabbiy katta ehtimol bilan ketadi, katta g'alabalar uchun haligacha istiqbol yo'q.

G'alati, ammo Angliya terma jamoasi sardori hali birorta ham sovrin yutmagan, u esa 29 yoshda. "Real" qayg'uli holatni o'zgartirish uchun tendenciyani o'zgartirishga mos variant bo'lardi. Keyn 9 yildan beri har mavsumda 15tadan gol urmaydi. Agar u buni APLda qilayotgan bo'lsa, La Ligada ham qila oladi. SHu bilan birga, "shporlar" rahbariyati o'z tarbiyalanuvchisini Angliyadan tashqaridagi klubga sotishni afzal ko'radi, shunday ekan "qaymoqranglilarda" o'yinchi uchun kurashda ustunlik bo'ladi. Ammo, "blankos" baribir 100 mln evro atrofida sarflashga tayyor bo'lishi kerak.



Jonatan Devid ("Lill")

Devid varianti qimmat emas, ammo xavfliroq. Kanadalik o'zini Liga 1da yaxshi ko'rsatmoqda. Uning samaradorligi har mavsumda oshmoqda (13, 15 va 19ta gol). Ammo, uning birdan sezilarli darajadagi boshqa darajada o'ynashga tayyor bo'lish yoki bo'lmasligi katta savol. Jonatan Mbappedan bir yosh kichik va o'sha chempionatda ko'p urmoqda, faqatgina kamtarroq jamoada, ammo unda muhim o'yinlardagi ishtirok tajribasi kamroq. Kilian baribir muntazam ravishda CHempionlar ligasida o'ynaydi, terma jamoada ham katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Boshqa tomondan, Devid shubhasiz boshqa darajaga o'tish imkoniyatiga loyiq. Buni klub ham tushunmoqda. "Lill" bosh murabbiyi Paulu Fonseka avvalroq "doglar" forvardni kelasi mavsumda saqlab qolishi qiyin masala ekanligini tan olgandi. Huddi shu gapni futbolchining agenti ham aytdi. O'yinchining o'zi APLda o'ynash xohishini bildirmoqda, ammo "Real"dan taklif olsa, buni rad etishi qiyin masala. "Qaymoqranglilar"da sifatli yosh vingerlar bor. Ularga yaqin yoshdagi markaziy hujumchi "blankos" uchun ajoyib bitim bo'lardi.



Viktor Osimxen ("Napoli")

Osimxen faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda. U oldin bir mavsumda 20ta to'p kiritmagan, hozir esa uning hisobida A Seriyada 21ta gol bor. Viktor skudettoga intilayotgan "Napoli"ning muhim o'yinchilaridan biri, shu sabab u boshqa klublarning diqqatini jalb qilmoqda. OAVda 24 yoshli hujumchi uchun davogarlar aynan markaziy forvard bilan muammosi bo'lgan klublardir: "CHelsi", "Manchester Yunayted" va "Real". SHuningdek PSJ ham bor, ammo parijliklarning hujum chizig'ida qanday nomlar o'ynayotganini hisobga olsa, bu ehtimoli kam variant.

Boshqa davogarlar fonida "Real" favorit hisoblanadi, sababi "qaymoqranglilar"da sovrinlarni qo'lga kiritish uchun deyarli tayyor jamoa bor. Ammo, ko'p narsa "blankos"ning Osimxenni qanchalik kuchli olishni xohlashiga bog'liq bo'ladi. Barcha "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bilan muzokaralar o'tkazish ancha qiyinligini biladi. So'nggi yangiliklarga ko'ra, neapolliklar nigeriyalikni 150 mln evroga baholamoqda. Bu so'nggi vaqtlar transfer bozorida ko'p sarflamayotgan "qirollik klubi" uchun muammo bo'lishi mumkin.



Alvaro Rodriges ("Kastilya")

"Real" yangi forvardni tekinga olishi ham mumkin. Ammo, buning uchun mehnat qilish va sabrli bo'lishga to'g'ri keladi. "Qaymoqranglilar"ning yoshlar jamoasida istiqbolli Alvaro Rodriges ishtirok etmoqda. 18 yoshli hujumchi joriy mavsum La Ligada 4ta o'yinda harakat qildi va ulardan ikkitasida samarali harakat qayd etdi. Yosh urugvaylik avvaliga atigi 2 daqiqa harakat qilgan "Osasuna"ga qarshi o'yinda samarali uzatma berdi. So'ngra esa maydonda 13 daqiqa o'tkazgan holda "Atletiko"ga qarshi derbida hisobni tenglashtirdi.

Rodrigesning haqiqatdan ham uzoq muddatli istiqbolda Benzemaning o'rinbosari bo'lishi mumkinligini yozishmoqda. Yigitchaga "blankos" ustozi Karlo Anchelottining etibor qaratgani bekorga emas. Mutaxassis kelasi mavsum yosh forvardni asosiy jamoadagi o'yinlarga tezroq jalb qilishini aytdi. Bu pul faqatgina yangi hujumchiga kerak bo'lmagan "qirollik klubi" uchun yaxshi yangilik bo'ladi. "Qaymoqranglilar" hech bo'lmasa poziciyalaridan birini o'z tarbiyalanuvchisi hisobiga yopa oladi. Ispaniya chempionlari doim ham akademiyaga qarashmaydi, ammo Rdoriges tendenciyani o'zgartirishi mumkin.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика