So’nggi yangiliklar

23:31Абдусаломов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  0 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  2 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0 21:46ПСЖ АПЛдан ҳужумчи олиши мумкин  0 21:15"Арсенал" Гёкереш борасида бир қарорга келди  4 20:41"Тоттенхэм" Сон Хён Мин билан хайрлашиши мумкин  2 20:17"Бавария" "Боруссия Д" вингерига даъвогар  0 19:581 йилдан бери гол урмаётган Грилиш "Сити"дан кетиши мумкин  2 19:52Санжар Турсунов — "Локо"нинг тушиб кетиши, Бердиевни табриклагани, клубдаги мантиқсиз ишлар ва келажаги ҳақида   5 19:35МЮ Брунунинг ходимлар харажатларини тўлаш таклифини рад этгани маълум бўлди  2 19:20Расман: Ўзбекистон футзал федерацияси ташкил этилди. Унинг раҳбари ҳам маълум  7 19:10Баҳодир Сейткамолов: "Мени Сейткамолов қилган "Навбаҳор" бўлади, Россияда юрдим лекин футболни соғиндим"  11 18:46БМБ футзал клуби раҳбариятида ўзгариш рўй берди  1 18:25"Ливерпуль" Венгрия терма жамоаси ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи. Унга МЮ ва "Челси" ҳам даъвогар  0

Benzemadan xavfliroq bo'lgan "jallod" to'g'risida qiziqarli malumotlar Yangiliklar

Benzemadan xavfliroq bo'lgan "jallod" to'g'risida qiziqarli malumotlar

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidan o'rin olgan "Al Ittihod" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Saudiya Arabistoni jamoasi Karim Benzema, Ngolo Kante, Fabino singari nomdor yulduzlarni o'z safiga jalb etganidan xabaringiz bor. Ammo ular orasida barcha futbol ishqibozi ham yaxshi tanimaydigan yana bir yulduz bor. Bu — marokashlik hujumchi Abdulrazzoq Hamdallah. U ayni damda klubining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi, shu jumladan, 13 ta gol bilan Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlari qatorida bormoqda. 2019 yil dunyoning eng yaxshi to'purari Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichida OKMK maydonida ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Nimchorak finalda raqib "Navbahor"ga qarshi javob o'yini oldidan ayni damda "Oltin to'p" sohibi Karim Benzemadan ham xavfliroq bo'lib turgan hujumchiga oid yodda qolarli voqealar bilan tanishtirib o'tamiz.

Kambag'al oilada voyaga etgan farzand

Hamdallah Marokashning Antlantika okeaniga tutash Safi shahridagi kambag'al oilada dunyoga kelgan bo'lib, etti aka-ukaning kenjatoyi edi. Futbolchi bolaligi to'g'risida shunday xotirlaydi:

"Tug'ilgan shahrimda boshqa bolalar bilan birga ko'chada futbol o'ynardim. O'smirlik chog'imda shaharchada joylashgan klub safiga qo'shildim. Men deyarli har kuni maktabdagi darslardan keyin, hatto olish kunlari ham futbol o'ynardim. Katta akam Abdulrahim meni doim qo'llab-quvvatlagan. U meni o'z ustimda qattiq ishlashga undardi".

Dastlabki maosh

Garchi Hamdallah "Olimpik Safi" jamoasida ilk mavsumdayoq muvaffaqiyatli harakat qilib, U-23 tarkibiga o'tkazilgan bo'lsa-da, bu unchalik quvonarli voqea emasdi, sababi, u oyiga 250 AQSH dollaridan yuqori bo'lmagan maosh evaziga to'p tepardi.


Birinchi og'ir zarba

Abdulrazzoq Hamdallahning futbolchilik faoliyatidagi birinchi og'ir zarba niderlandiyalik murabbiy Pim Verbekdan bo'ldi. Hujumchi Marokash terma jamoaning saralash bosqichidagi yulduzi va eng yaxshi to'purari bo'lishiga qaramay, 2012 yilgi London Olimpiadasida ishtirok etadigan yakuniy ro'yxatdan tushirib qoldirilgandi.

Keyinchalik "Al Ittihod" futbolchisi bu qaror uning uchun katta zarba bo'lganini, biroq bu uni taslim bo'lishni istamaydigan boshqa odamga aylantirganini aytdi.

Bir mavsum ikki mamlakat to'purarlari safida

Hamdallah Marokash chempionatidagi faoliyatini 2010-2011 yilgi mavsumda “Olimpik Safi” jamoasida boshlagan. 2012-2013 yilgi mavsumda ligada 15 ta gol urib, 2013 yilning mart oyida jamoani tark etgan. Qiziq tomoni shundaki, u mavsum yakunidan ertaroq jamoadan ketganiga qaramay, yil yakunida to'puparlar ro'yxatida 2-o'rinni egalladi va to'purardan ikkita gol ortda qoldi. Norvegiyaga borgach, yana 15 ta gol urib, Evropa mamlakatida mavsumning eng yaxshi to'purariga aylandi.


Xitoydagi qiyinchiliklar va yagona do'st

Hamdallah 2014 yilning fevral oyida Xitoyga ko'chib o'tdi va “Guanchjou” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Marokashlik hujumchi Xitoyda mahalliy til va vaqt farqi omillari tufayli og'ir hayot kechirgan va katta azob-uqubatlarni boshdan o'tkazgan. U erda hujumchining ko'p vaqtini birga o'tkazadigan faqat bitta do'sti bor edi — mushugi, futbolchi ushbu do'sti bilan tez-tez hayvonot bog'ini sayr qilib turgan.

Qitalararo raketa

Hamdallah Afrika (Marokash), Evropa (Norvegiya) va Osiyo (Xitoy, Qatar, Saudiya Arabistoni) qitalarida faoliyat olib borgan va dunyoning uch qitasida o'zini ko'rsata olgan kam sonli hujumchilardan biri sanaladi.


Terma jamoada bilan o'rtadagi devor

O'zi o'ynagan barcha jamoalar bilan klub darajasida muvaffaqiyat qozonganiga qaramay, Abdulrazzoq Hamdallahning Marokash terma jamoasidagi faoliyati maqtanarli emas, u mamlakati sharafini 24 o'yinda himoya qilib, 6 ta gol urgan.

Sobiq "Yuventus" yulduzi bilan kelishmovchilik

Ayni damda "Marsel" sport direktori sifatida ishlayotgan Mehdi Benatiya 2019 yil Marokash bosh murabbiy Erve Renar hamda Hamdallah bilan bog'liq voqealarga oydinlik kiritdi.

Himoyachi Hamdallahning jamoadoshlari Faysal Fajr va Yunes Belxanda bilan maydonda bahslashib qolganini tasdiqladi. Abdulrazzoq terma jamoa lagerini tark etdi.

Mehdining qo'shimcha qilishicha, bosh murabbiy Erve Renard janjallashib qolgan futbolchilar bilan gaplashib olmoqchi bo'lgan, lekin Benatiya rad javobini bergan va franciyalik murabbiyga: "Men Hamdallah bilan avvalroq gaplashganman. Gap tamom, men unga yolvormayman, agar xohlasangiz, u bilan gaplashib, lagerda qolishini iltimos qiling".

O'zbekistonlik futbolchi bilan bir jamoada

2015 yilning 24 iyulida Hamdallah Qatarning "Al Jaish" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Xuddi shu paytda arab klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidovni ham o'z safiga qo'shib olgandi.

"Al Nassr"dagi kelishmovchilik

Hamdallah tatildan so'ng “Al Nassr” mashg'ulotlariga ruxsatsiz kechroq qo'shilgan, shu bois mamuriyat reglament bo'yicha unga moliyaviy jazo tayinlashdan boshqa chorasi qolmagan, biroq futbolchiga bu qaror yoqmagan.

Voqea 2020 yilning martiga borib taqaladi, o'shanda marokashlik hujumchi "Al Nassr" bilan Saudiya Arabistoni ligasi doirasida “Al Faysali ”ga qarshi o'yinga borishdan bosh tortgan va uning maoshidan ushlab qolishiga etiroz bildirgan.

Bu kelishmovchiliklar esa keyinchalik hujumchining klub xayrlashishiga olib kelgan.

Rafiqasi tufayli aeroportda janjal

Hamdallah "Al Nassr" tarkibida to'p tepib yurgan kezlarida Ar Riyoddagi Qirol Xolid aeroportida muammolarga duch keldi, u erda oilasining sayohati barbod bo'ldi va ayol xizmatchi bilan janjali prokuraturaga oshirildi.

Hodisa Hamdallahning turmush o'rtog'ining homilador bo'lgani sababli rentgen apparati ko'rigidan qo'rqib, tekshirishtirishdan bosh tortishi bilan boshlandi. Ammo aeroport qo'riqlash xizmati xodimining talabiga nisbatan futbolchi tomonidan haqoratli so'zlar aytilgan va o'rtada katta janjal kelib chiqqan. Buning natijasida o'sha kuni oilaga sayohat qilish taqiqlangan. Keyinchalik bu masala klub prezidentining aralashuvi bilan hal qilindi.


Quron tilovatchisi

Abdulrazzoq Hamdallahning ajoyib qobiliyatlari faqat futbol bilan chegaralanib qolmaydi, aksincha, u o'ziga xos ovoz va Quron tilovat qilish qobiliyatiga ega.

Futbolchi Quron o'qiyotgani aks etgan bir nechta videokliplar ijtimoiy tarmoqdan o'rin olgan.

Saxovatpesha

Hamdallah bir qancha insonparvalik tashabbuslarini amalga oshirgan, ayniqsa, Marokashning aholi nochor yashaydigan va suv taqchil hududlarida yangi quduqlar qazilishda hissa qo'shgan. SHuningdek, u bir qancha maktab va mehribonlik uyi qurilishida moliyaviy ko'mak bergan. Qolaversa, Marokashda bir necha kun quduq ichida qolib ketib, halok bo'lgan bolakayning oilasiga uy sovg'a qilgan.


Yilning eng yaxshi to'purari

"Al Nassr" azosi bo'lgan Abdulrazzoq Hamdallah 2019 yil "Bavariya" forvardi Robert Levandovski va "Barselona" yulduzi Lionel Messini ortda qoldirib, 57 ta gol bilan dunyoning yaxshi to'purari bo'ldi.

Terma jamoadan ketish va adashgan o'g'ilning qaytishi

2019 yil Hamdallah Marokash terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini malum qildi. Bunga Afrika Millatlar kubogi-2019 oldidan Gambiyaga qarshi o'yin (0:1) so'ngida raqib darvozasiga belgilangan penaltini amalga oshirish borasida Faykal Fajr bilan tortishuv sabab bo'lgan. 90+4 daqiqada belgilangan penaltini Abdulrazzoq amalga oshirishni istagan, ammo sherigi unga to'pni berishni istamagan. Biroq Faykal Fajr 11 metrli nuqtadan gol ura olmaydi. Ushbu qarordan so'ng hujumchi jamoadoshlaridan xafa bo'lib, terma jamoa lagerini tark etgan.

Bosh murabbiy Vohid Halilxojich uni Afrika Millatlar kubogi qaydnomasidan tushirib qoldirgan. Hamdallah esa terma jamoadagi faoliyatini tugatishini malum qilgan. 2022 yil u ushbu xatti-harakatlari uchun uzr so'radi va yana terma jamoaga qaytdi va Qatardagi jahon chempionatida munosib ishtirok etib, 4-o'rinni egalladi, ammo unga asosiy tarkibdan joy olish nasib etmadi.

Olmaliqda qayd etilgan dubl

Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida O'zbekistonning OKMK klubi mehmoniga bo'lgan "Al Ittihod" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Etiborlisi, har ikkala golga ham aynan marokashlik hujumchi mualliflik qildi.

Antiqa taxallus

Hamdallah raqiblarni muttasil jazolashi va ko'p gol urishi tufayli "jallod" laqabini olgan.


Osiyo rekordchisi

Hamdallah OCHLda BESHta turli klub ("Guanchjou", "Al Jayish", "Al Rayyan", "Al Nassr", "Al Ittihod") safida gol urishga erishgan BIRINCHI futbolchi hisoblanadi. 

Sandig'i sovrinlarga to'lgan futbolchi

Hamdallah jamoaviy va individual yutuqlar borasida havas qilarli mukofotlarni qo'lga kiritgan.

Uning kollekciyasida Saudiya chempioni va superkubogi, Qatar kubogi kabi sovrinlar mavjud. SHuningdek, shaxsiy yutuqlar qatorida Osiyo CHempionlar ligasi, Qatar Yulduzlar ligasi va kubogi, shuningdek, Saudiya Arabistoni Premer-ligasi to'purarligi, Saudiya Arabistoni chempionati va superkubogining eng yaxshi futbolchisi, Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi arab futbolchisi, IFFHS talqini bo'yicha yilning eng yaxshi to'purari va boshqa ko'plab titullar marokashlik futbolchi javonidan joy olgan.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика