Benzema Xento bilan tenglashdi, oldinda esa faqatgina Marselo bor
11 avg 2022 09:50
Yangiliklar
Benzema Xento bilan tenglashdi, oldinda esa faqatgina Marselo bor
UEFA Superkubogi-2022 uchun o'yinda “Real” 2:0 hisobida “Ayntraxt”ni engib, 5-marotaba ushbu titul sohibi bo'ldi.
Uchrashuvda gollardan biriga mualliflik qilgan Karim Benzema madridliklar libosida 23-jamoaviy sovrinni qo'lga kiritdi va bu borada klubdagi eng yaxshilar ro'yxatida 2-o'rinda turgan Fransisko Xento bilan tenglashdi.
Bu borada rekordchi esa Marselo hisoblanadi. Braziliyalik “Real” tarkibida 25 ta titulga ega chiqqan.
Avvalroq, Benzema 324 ta goli bilan “qaymoqranglilar” tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Raul Gonsalesni quvib o'tgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar