Benzema Mbappega "Real"dagi holati bo'yicha maslahat berdi
05 noy 18:22
Yangiliklar
Benzema Mbappega "Real"dagi holati bo'yicha maslahat berdi
"Meni nazarimda, muammo shundaki, Mbappe markazimy hujumchi emas. Har safar u Franciya termasi tarkibida "to'qqizlik" nuqtasida o'ynaganida bor imkoniyatini ishga sola olmaydi, bu uning poziciyasi emas. CHap qanotda esa darajasi unikidan qolishmaydigan yana bir ijrochi borligi vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda.
Vinini o'ngga yoki markaziy hujumga qo'yib bo'lmaydi. Uning uchun eng foydali nuqta bu chap qanot. Ko'ramiz, Anchelotti vaziyatdan qanday chiqarkin.
Unga [Mbappe] taslim bo'lmaslikni maslahat bergan bo'lardim. "Real"da bosim yuqori, bu sizga PSJ emas. Mbappe o'zi uchun "to'qqizlik"ka aylanishi kerakligini tushunishi, uqtirishi kerak va chap qanotni esdan chiqarishi zarur. Ha, u qanotda ancha samarali harakat qilgan, lekin endi boshqa nuqtalarda ham o'zini sinab ko'rishi va ishonchli o'yin ko'rsatishi talab qilinadi".
Fikrlar