Benzema JCHda o'ynashi mumkin
29 noy 2022 11:56
Yangiliklar
Benzema JCHda o'ynashi mumkin
"Real" hujumchisi Benzema Franciya uchun Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati maydonga qaytishga yaqin turibdi. U deyarli tuzalib ketganga o'xshaydi, deyiladi manbaning xabarida.
Futbolchining jarohatdan tuzalish jarayoni ancha tez o'tmoqda. Madrid klubi futbolchining 1 dekabrda tarkibning boshqa azolari bilan birga mashg'ulotlarda qatnashishini inkor etmadi. U Madridda o'ynay olsa, Franciya uchun ham maydonga tushishi mumkin.
Benzema ayni paytda Qatarda bo'lmasa-da, ro'yxatga olingan 26 nafar futbolchilarning ichida bo'lgani uchun Dide Desham guruh bosqichidan keyingi o'yinlarga uni chaqirib olishi mumkin. Agar u qaytmasa va Franciya ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempioni unvonini qo'lga kiritsa, Karim Benzemaga ham medal beriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar