Bentankur koreyslar haqidagi xazili tufayli 7 o'yinga chetlatilishi mumkin
13 noy 2024 20:02
Yangiliklar
Bentankur koreyslar haqidagi xazili tufayli 7 o'yinga chetlatilishi mumkin
Iyun oyida ijtimoiy tarmoqlarda "Tottenxem"ning urugvaylik yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur ishtirokidagi videorolik keng tarqaldi.
Videoda teleboshlovchi sportchidan jamoadoshining futbolkasini so'raydi.
"Sonni? Bu Sonnining amakivachchasining ham futbolkasi bo'lishi mumkin. Ular baribir bir xilku", – deb javob bergan Rodrigo.
Keyinroq Bentankur ijtimoiy tarmoqda Son Xyon Mindan uzr so'ragan.
Angliya futbol associaciyasi (FA) Bentankurga millatchilik yoki irqchilikka oid "haqoratli so'zlardan" yoki "harakatlardan" foydalanish bo'yicha ayblov elon qilgan.
Manbaning malum qilishicha, urugvaylik futbolchi uzoq muddatga chetlatiladi. Qator manbalarning yozishicha, gap 7 o'yinga diskvalifikaciya haqida ketmoqda, lekin aniq raqam hozircha tasdiqlanmagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar