Benjamen Pavar: "Bavariya" har yili Bundesliga va Germaniya kubogini yutishi kerak, ammo biz treblni xohlaymiz "
01 iyu 2020 01:03
Yangiliklar
Benjamen Pavar: "Bavariya" har yili Bundesliga va Germaniya kubogini yutishi kerak, ammo biz treblni xohlaymiz "
"Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavar Myunxen jamoasining ushbu mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
“Bizda ajoyib tarkib bor. Germaniya kubogi va Bundesligada yaxshi o'yin namoyish etmoqdamiz. Biz xuddi shu kayfiyatda davom etishimiz lozim.
"Bavariya" har yili chempionat va kubokni yutishi kerak. Biz CHempionlar Ligasini niyat qilyapmiz va trebl qayd etishni xohlaymiz", - deydi Pavar BeIN Sports France'ga.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" CHempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o'yinida safarda "CHelsi"ni mag'lub etgan(3:0), shundan so'ng koronavirus pandemiyasi tufayli turnir to'xtatilgandi.
Fikrlar