Benitesga Xitoydan 12 millionlik shartnoma taklif qilishdi
18 iyu 2019 15:29
Yangiliklar


Benitesga Xitoydan 12 millionlik shartnoma taklif qilishdi
"Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benites Xitoyga ketishi mumkin.
Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi unga yiliga 12 million funt taklif qilmoqda.
59 yoshli Benitesning "Nyukasl" bilan tuzgan shartnomasi shu oyda o'z nihoyasiga etmoqda, rahbariyat esa unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Oldin xabar berilganidek, uning varianti "CHelsi" bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatorida ham aytilayotgan edi. Ammo, bu o'ringa favorit sifatida "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Frenk Leempard tilga olinmoqda.
Benites oldin ham (2012/13) londonliklar klubini boshqargan. 2016/17 yilgi mavsumdan esa "Nyukasl" ustozi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar