So’nggi yangiliklar

19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  0 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  2 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  5 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4

Benites "Real"da qoladi, Ronaldu hech qanday ultimatum qo'ymagan Yangiliklar

Benites "Real"da qoladi, Ronaldu hech qanday ultimatum qo'ymagan

"Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitesga ishonishini takidlab o'tdi.


"Benitesga bo'lgan ishonchimiz yuqori. Biz unga ishonishda davom etamiz. Muxlislarning holatini yaxshi tushunaman. Lekin hozir aql bilan ish qilish zarur. Ishqibozlarimiz jamoa va futbolchilarga ishonishlari lozim. "Real" "Barselona"ga qarshi juda yomon o'ynadi. Lekin bu futbolchilar o'z ishlariga noto'g'ri munosabatda degani emas. Muxlislarimizning talab istaklarini hurmat qilaman va tushunaman. "Real" muxlislari juda talabchan. O'yinga qanday tarkibni qo'yishni esa bosh murabbiy hal etadi. Bu klubda juda ko'plab murabbiylar ishlashgan va har doim tarkibda kimni tushirishni o'zlari hal etishgan", - deydi Florentino Peres.

Florentino Peres shuningdek bosh murabbiyni istefoga chiqarish mavzusi klubda ko'tarilmaganini ham aytib o'tdi.

"Klub kengashida hech bir inson bosh murabbiy masalasi borasida to'xtalmagan. Istefo haqida hech qanday gap-so'z bo'lgani yo'q. Biz Benitesga ishlashga imkon beramiz. Hech bir futbolchi, xususan Ronaldu ham Benitesni bo'shatish kerak deb aytmagan. Krishtianu meni yoki Benitesni tanlaysiz deb ham aytmagan. Ko'pchilik mensiz "Real"ga yanada yaxshi bo'ladi deb o'ylamoqda. Men bunga qo'shilmayman. Ronaldu sotish borasida ham men hech kim bilan gaplashganim yo'q. Bu yolg'on malumot. Benitesga ishonmasligimiz haqidagi xabarlar ham uydirma", - dedi Florentino Peres.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика