"Benfika"ni Kavanining maoshi qo'rqitib yubordi

Alisher
24 iyul 2020, 17:48
Portugaliyaliklar ortiq urugvaylik futbolchi uchun raqobat qilishmaydigan bo'ldi.

"Benfika" Edinson Kavani uchun kurashdan chiqdi. Bu haqda ispan nashri xabar bermoqda. Klub hujumchi talab qilayotgan maoshni to'lay olmaydi.

Xabarlarga ko'ra, Portugaliyada Kavaniga shuningdek "Sporting" ham qiziqish bildirgan. "Yashil-oqlar" ham futbolchi uchun ortiq davo qilishmaydi.

Kavani erkin agent sifatida qolmoqda. Iyul oyining boshida forvard 2013 yildan beri harakat qilgan PSJdan ketdi. Futbolchi uchun bosh da'vogar sifatida "Roma" qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Espana