"Benfika" Feliks uchun 60 mln evro to'lashga tayyormas
03 avg 20:23
Yangiliklar
"Benfika" Feliks uchun 60 mln evro to'lashga tayyormas
"Benfika" Joau Feliks bilan shartnoma imzolay olmaydi.
Vinger ayni damda "Atletiko" ixtiyorida bo'lib turibdi. Klub futbolchini sotmoqchi.
Portugaliya klubi prezidenti Ruy Koshtaning takidlashicha, "Benfika"ning o'yinchini jamoaga qaytarish xohishiga qaramay, bunday transferni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlarga ega emas.
"Benfika" "Atletiko" xohlayotgan pulni to'lay olmaydi. Uni qaytarishni xohlardik, ammo bu biz uchun imkonsiz", – dedi Koshta.
Ispan jamoasi Joau Feliks uchun 60 million evro olishni xohlamoqda.
Qayd etilishicha, "Aston Villa" portugal o'yinchisining xaridiga eng ko'p qiziqayotgan klub hisoblanadi.
Futbolchi o'tgan mavsumni "Barselona"da ijara asosida o'tkazdi va La Liga doirasidagi 30ta o'yinda 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar