"Benevento" SHyurrle bilan muzokarlarni boshladi
30 iyu 2020 14:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/577710_original.jpg)
![](/upload/storage/577710_220.jpg)
"Benevento" SHyurrle bilan muzokarlarni boshladi
"Borussiya" (Dortmund) yarim himoyachisi Andre SHyurrle faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
29 yoshli germaniyalik futbolchi Filippo Indzagi qo'l ostidagi "Benevento" klubi bilan muzokaralarga kirishdi.
B Seriyada ishtirok etgan klub chempionat yakunlanishiga 7 tur qolgandayoq A Seriyaga chiqish vazifasini uddaladi.
SHyurrlening "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi joriy mavsum ijara asosida "Spartak" (Moskva)da o'ynadi. U RPL doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Moskva klubida ijara muddatidan so'ng uni sotib olish huquqi bor edi, ammo klub nemis futbolchisini xarid qilishni xohlamadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar