Benatia: "Bolalarim musulmonlar orasida o'sishi uchun "Al-Duhayl"ni tanladim"
08 fev 2019 13:58
Yangiliklar
Benatia: "Bolalarim musulmonlar orasida o'sishi uchun "Al-Duhayl"ni tanladim"
Himoyachi Medxi Benatia nega "Manchester Yunayted" emas, Qatarning "Al-Duhayl" klubiga o'tgani haqida gapirib berdi.
"Dohaga ko'chib o'tgani uchun marokashlik jurnalistlar meni tanqid qilishdi. Ammo qarorimni hamma hurmat qilishini istayman, chunki buni oilam uchun qildim.
Bolalarim musulmonlar orasida o'sishini istadim. BAA, Saudiya Arabistoni klubiga o'tishi mumkin edi, ammo "Al-Duhayl"ni tanladim. Ko'plab marokashliklar Fors ko'rfazi mamlakatlari klublarida o'ynaydi.
Marokash terma jamoasi murabbiyi Evre Renar meni yaxshi biladi. Agar u meni milliy jamoaga mos emas deb hisoblasa, uning qarorini hurmat qilaman" - deydi Benatia.
Benatianing to'rt nafar farzandi bor - ikki qiz va ikki o'g'il.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!