Ben Arfa A Seriya klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin
04 okt 2019 13:47
Yangiliklar


Ben Arfa A Seriya klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin
Yarim himoyachi Xatem Ben Arfa tez orada "Fiorentina" bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Futbolchi hozirda erkin agent maqomida yuribdi.
Oldinroq, xavbek Ispaniyaga yo'l olishi mumkin edi, ammo "Sevilya" va "Betis" klublari uning xizmatlaridan voz kechishgan.
32 yoshli Ben Arfa o'tgan mavsum "Renn" sharafini himoya qilgan va 41ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.
Futbolchi "Renn"dan tashqari "Lion", "Marsel", "Nyukasl", "Xall Siti", "Nicca" va PSJ klublari sharafini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2007-2015 yillar davomida Franciya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar