Belyaevskiy: "Yaxshiboev borasida hech kim taklif bilan chiqmadi"
28 iyu 2020 12:20
Yangiliklar


Belyaevskiy: "Yaxshiboev borasida hech kim taklif bilan chiqmadi"
"Energetik-BGU" bosh murabbiyi Vladimir Belyaevskiy "Slaviya"ga qarshi bahsdan keyin Jasur Yaxshiboevning transferi borasida gapirdi.
Oldinroq "Belarus 5" telekanali jurnalistlari yarim himoyachiga Minskning "Dinamo" hamda BATE klublari tomonidan qiziqishlar borligini aytgandi. Bosh murabbiy ushbu holatga izoh berib o'tdi.
"SHkurin bilan bog'liq vaziyat yodingizdami? O'shanda uning transfer ishi tezda bitib ketgandi. Hozirda transfer bozoridagi darajalar xar xil. Kimdir istasa, xohlagan futbolchisini olib ketmoqda. Ammo bizga kimdir kelib, "Futbolchini bering, men olaman", deb taklif bilan chiqqani yo'q. Undan tashqari, Jasur bizning futbolchimiz emas, u ijarada o'ynamoqda", - dedi Belyaevskiy.
O’xshash yangiliklar
21:07
OPL. "Sumqayit" mehmonda mag'lub bo'ldi, Abdixoliqov to'liq o'ynadi, Jasur Jaloliddinov esa... 3

Fikrlar