Belsa: “Bugun Gvardiolani men mag'lub etmadim”
10 apr 2021 19:55
Yangiliklar
Belsa: “Bugun Gvardiolani men mag'lub etmadim”
APL 31-turidan o'rin olgan “Man Siti” – “Lids” bahsi (1:2)dan keyin mehmonlar ustozi Marselo Belsa o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“G'alabaga haqli edik, ammo “Siti” zafar quchsa ham adolatdan bo'lardi. Bu juda qiyin, ammo men shunday hisoblayman. Ulkan ishni amalga oshirdik, lekin, haqiqat shuki “Siti” to'liq ustunlik qildi va yaxshiroq imkoniyatlarga ega bo'ldi.
Gvardiolani men mag'lub etmadim. Bu to'qnashuv ikki jamoa o'rtasida bo'ldi, unda esa futbolchilar asosiy rolni o'ynadi. Biz esa bugun o'ynagan ikki jamoa murabbiylarimiz xolos.
Bu kabi bahsda agar yuqori darajada agressiya bo'lmasa, ularning mahorati bilan biz uddalay oladigan ish o'rtasidagi farqni yopish qiyin”, deydi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar