Bellingem yana bir mavsumni Dortmundda o'tkazishga rozi
18 apr 2023 10:40
Yangiliklar


Bellingem yana bir mavsumni Dortmundda o'tkazishga rozi
Angliyalik iqtidor shoshilish uchun sabab ko'rmayapti.
Yarim himoyachi Jud Bellingem 2023/2024 yilgi mavsumda Dortmundning "Borussiya"sida qolishga tayyor, deb xabar berdi "The Times".
Angliyalik futbolchi 2023 yilning yozida aniq ketishi aytilgandi. Biroq Bellingem o'ziga mos keladigan klubga o'tmoqchi. Va agar bunday imkoniyat bir necha oy ichida paydo bo'lmasa, u kutishga tayyor.
Bellingemga asosiy davogarlar – "Real", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted".
"Liverpul" angliyalik yarim himoyachining transferi 100 million funt sterlingdan ancha qimmatga tushishini tushunib, kurashdan chiqib ketdi.
O’xshash yangiliklar
02:55
ECHL. Dortmunddagi o'yinda durang qayd etildi, "Arsenal" esa keyingi bosqich masalasini hal qildi 29

Fikrlar