Bellingem: "Rays – aql bovar qilmas futbolchi"
27 okt 2022 17:47
Yangiliklar


Bellingem: "Rays – aql bovar qilmas futbolchi"
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem o'zining Angliya termasida jamoadoshi Deklan Raysdan hayratda qoldi.
Eslatib o'tamiz, ikki futbolchi "uch sherlar"ning markaziy hududida juftlik hosil qiladi.
"Deklan Rays – men juda qadrlaydigan inson. U – aql bovar qilmas futbolchi. Deklan o'z ishining ustasi va dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri", – dedi Bellingem.
Rays va Bellingem kelasi yozda ko'plab top-klublarning transfer maqsadlari bo'ladi. Deklanga "CHelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Xuddi shu klublar Jud bilan shartnoma imzolamoqchi, ammo buning uchun ular "Real", "Liverpul" va "Manchester Siti" bilan kurashishlari kerak.
O’xshash yangiliklar
23:45
Bellingem elkasini operaciya qildirdi."Real" yarim himoyachisi qancha muddatga safdan chiqqani malum 3
16:49
Bundesliganing TV bo'yicha 2025/26 yilgi mavsum uchun pul taqsimoti: har bir klub qancha oladi? 1

Fikrlar