Bellingem bolalikda futbolni yoqtirmaganini tan oldi
04 noy 2023 10:47
Yangiliklar
Bellingem bolalikda futbolni yoqtirmaganini tan oldi
"Real" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem bolaligida futbolga qanday munosabatda bo'lganini aytib berdi.
"Avvaliga futbolni yoqtirmasdim. Bilaman, bu hayratlanarli, chunki agar hozir futbol mendan tortib olinsa, aqldan ozaman. Men mashg'ulotlarga borib, o'simlik va gullar terar, onam uchun kichik guldastalar yasardim.
Ota-onam menga hech qachon bosim o'tkazmagan. Otam meni mashg'ulotlarga olib borardi va har doim shunday derdi: "agar xohlasang, bekinmachoq o'ynashing yoki gul terishing mumkin. Keyinchalik o'zim futbolga qiziqib ketdim.
Bolaligimda erkinlik bor edi. Ota-onam meni hech qachon hech narsaga majburlamagan", – dedi Bellingem.
Fikrlar