Belgiyaning Double Pass kompaniyasi vakillari "Lokomotiv"ga tashrif buyurishdi
18 may 2018 14:47
Yangiliklar


Belgiyaning Double Pass kompaniyasi vakillari "Lokomotiv"ga tashrif buyurishdi
Ayni kunlarda futbol klublari ish tizimini takomillashtirish sohasida jahon miqiyosida katta nufuzga ega bo'lgan Belgiyaning Double Pass kompaniyasi vakillari yurtimizda bo'lib turishibdi.
O'zbek klublariga ish tizimini takomillashtirish borasida o'z yordamini taklif etayotgan mazkur kompaniya vakillari bugun "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyurishdi. Kompaniya rahbari Hyugo SHoukens hamda uning Osiyo mamlakatlari bo'yicha yordamchisi avstraliyalik Harvi Bahodir Arman "Lokomotiv" PFK vakillari bilan ko'rishib, klub ish tizimini yanada yaxshilash borasida o'z takliflari bilan o'rtoqlashishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar