So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Belgiyalik mutaxassis rasman O'FA texnik direktori lavozimiga tayinlandi! Yangiliklar

Belgiyalik mutaxassis rasman O'FA texnik direktori lavozimiga tayinlandi!

Gi Kiala – O'zbekiston Futbol Assosiaciyasi texnik direktori lavozimini egalladi.

Bugun O'FAda texnik hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida FIFA vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O'FA prezidenti Abdusalom Azizov, FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon, belgiyalik taniqli mutaxassis Gi Kiala hamda masul mutasaddilar ishtirok etdi. O'FA rahbari O'zbekistonda sportga, xususan, futbolga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, barcha terma jamoalarimiz oldiga yuqori maqsadlar qo'yilganini takidladi. Bu borada xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan texnik hamkorlik qilish yurtimiz futbolini Evropa standartlari asosida shakllantirishga xizmat qilishini etirof etdi.

"Avvalo xorijda katta tajriba to'plagan mutaxassislar bilan hamkorlikni boshlashdan xursandmiz. Futbol — butun xalqimiz sevib tomosha qiladigan sport hisoblanadi. Hurmatli Prezidentimiz futbolga katta etibor qaratyapti. Muxlislarimiz ham juda talabchan, ular Osiyo kubogidagi ishtirokimizga tanqidiy munosabat bildirildilar. Ana shu tanqidlardan etarlicha xulosa chiqarib, Sizlarning yordamingiz bilan mamlakatda futbolni rivojlantirishni maqsad qilganmiz. G'oya va takliflaringizni amalga oshirish yo'lida bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Eskicha ishlash, loqaydlikka yo'l qo'yishga endi haqqimiz yo'q", -dedi O'FA rahbari Abdusalom Azizov. 

Suratda O'FA rahbari Abdusalom Azizov va tashkilot texnik direktori lavozimiga tayinlangan Gi Kiala


FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon murabbiylar talimi, terma jamoalar, O'zPFL, akademiyalar faoliyati, bolalar, ommaviy va ayollar futboli, shuningdek, futzal, sport tibbiyoti va ilmiy-tahliliy yo'nalishlari bo'yicha yangi loyihalarni tatbiq etish imkoniyatlarini yuqori baholadi. 

Belgiyalik mutaxassis Gi Kiala O'zbekistonda futbolni rivojlantirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini aytib, ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi. SHundan so'ng, O'zbekiston futbol associaciyasi va Gi Kiala o'rtasida shartnoma imzolandi. O'FA rahbari oldinda turgan masuliyatli vazifalarni bajarishda mutaxassisga barcha sharoitlar taqdim etilishini malum qilib, omad tiladi. 

Malumot uchun, O'FA texnik direktori Gi Kiala OFK va UEFA Pro litzenziyasiga ega, faoliyati davomida Belgiya, Buyuk Britaniya, BAA va Saudiya Arabistonida ishlagan. Murabbiy, skaut, texnik direktor va instruktor sifatida tajriba to'plagan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика