So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  39 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

Belgiya qanday qilib Evropaning eng kuchli jamoasiga aylandi? Yangiliklar

Belgiya qanday qilib Evropaning eng kuchli jamoasiga aylandi?

Buning uchun bazi oddiy qoidalarga rioya etish kifoya...

Katta ehtimol bilan so'nggi bir necha yilda siz Belgiya termasining o'yinini ko'rar ekansiz: "Qanday qilib?! Qoyil!!!" degan bo'lsangiz ajabmas. Belgiyalik yigitlarning yangi avlodi yo'q joydan paydo bo'lib, "qizil-qora"larni dunyoning eng kuchli termalaridan biriga aylantirdi. Ular kecha paydo bo'lgani yo'q, ammo biz hamon ko'nika olmadik.

Bugun sizlar bilan Belgiya — Evropaning aholisi uncha ko'p bo'lmagan mamlakatida, qaerdan shuncha iqtidor paydo bo'layotgani haqida gaplashamiz.

Demak, etibor bering:

• Qanday qilib ilmiy yondashuv Belgiya bolalar futbolida "inqilob"ga sabab bo'ldi?
• Nega bolalarga to'p uchun kurashishni taqiqlab qo'yishdi?
• O'zlarida o'tgan Evropa CHempionatidan tushgan pullarni bolalar futboli sarflashdi.
• Mahalliy akademiyalar nega o'zgarishlarga qarshi chiqdi?
• Belgiyalik iqtidorlar tugamadimi va ular boshqa chiqmaydi-mi?


O'tgan asrning so'nggi yillarida Belgiya futboli chuqur inqirozga duchor bo'lgandi. O'z uyida o'tgan Evropa CHempionatidagi omadsizlikdan so'ng Belgiya jiddiy o'zgarishlarga qo'l urdi

JCH-1998 Belgiya uchun "qo'rqinchli tush"dek o'tdi: nisbatan qiyin bo'lmagan guruhda (Meksika, Gollandiya va Janubiy Koreya) Jorje Klemens shogirdlari biror marta g'alaba qozona olishmadi va bor yo'g'i 3 ochko to'plashdi. O'sha jamoadan faqatgina yarim himoyachi Mark Vilmotsga ortiqcha etirozlar yo'q edi. Aynan u meksikaliklar darvozasiga 2ta gol urgandi. Oradan ikki yil o'tib o'sha "tush" davom etdi: Belgiya Gollandiya bilan birgalikda Evropa CHempionatini o'tkazdi, ammo avvalgi yirik musobaqadagi omadsizlik alamini olish hamda muxlislarni xursand qilish o'rniga, antirekord sohibiga aylandi — tarixda ilk bor mezbon jamoa pley-off bosqichiga chiqolmadi.

Bu tasodif emas, balki tizimdagi muammo edi — Evro-1996 ga belgiyaliklar butkul chiqa olishmadi. Ishlar yurishmagandan keyin nimanidir o'zgartirish zarur bo'ladi. Belgiya va gigant termalar o'rtasidagi tafovutni tushunib etgan rahbarlar mamlakat Futbol Federaciyasiga yangi texnik direktor — 54 yoshli Mishel Sablonni ishga taklif qildi.

Sablonning tayinlanishi ramziy manoga ham ega edi. Sababi u Belgiyaning afsonaviy avlodi o'yinini o'z ko'zi bilan ko'rgandi. Mishel JCH-1986da bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlagan. O'shanda Belgiya to'rtinchi o'rinni egallagan, Italiyada o'tgan JCH-1990da Kulemans, SHifo va Vervort 1/8 final bosqichiga dadil odimlaganiga guvoh bo'lgan.

Sablon oddiygina rezyume bilan kelgandi (Belgiya ligalaridan birida bolalar murabbiyi sifatida bir necha yillik faoliyati bor xolos), lekin mamlakat futbolini o'zgartirishga bo'lgan xohishi, ishonchi o'ta yuqori edi. Inqiroz-menedjeri o'zining ilk matbuot anjumanida aniq maqsadni belgilab oldi: "Bizga futbolchilar tayyorlashning yangi tizimi zarur va u hech bo'lmaganda keyingi 10 yil amal qilishi kerak. SHunda barchasi o'zgaradi".

Sablon dastlabki oylar o'sha yangi tizimni izlash bilan ovvora edi: bir necha marta Gollandiya va Ispaniyaga tashrif buyurgan hamda mahalliy akademiyalar ishini tahlil qilgan. Uning yo'nalishi va aniq xaritasi yo'q, lekin "Barselona" va PSV futbol maktablari ro'yxatda borligi aniq edi. Amaliy jihatdan etarlicha malumot yig'gach, Mishel ishga nazariy tomondan yondashdi: Lej, Gent va Leven universiteti vakillaridan yosh futbolchilar o'sishi, rivojlanishi uchun qaysi omillar muhim rol o'ynashini aniqlash borasida tadqiqot o'tkazishni iltimos qildi.

Sablon Leven universiteti harakatlanish va egiluvchanlik bo'limi mudiri Verner Xelsen bilan do'stlashib qoladi. Texnik direktor iltimosiga ko'ra, Xelsen va uning olti nafar talabasi 1,5 ming soatlik videomaterialni tahlil qilib chiqishdi va juda katta hajmdagi hisobot tayyorlashdi. Aynan o'sha material Belgiya yulduzlar fabrikasining tamal toshi bo'lib xizmat qildi.


Belgiya akademiyalaridagi o'zgarish: barcha 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanadi, to'p uchun kurashish va musobaqa jadvallari qatiyan man etiladi

Mishel Sablon bir necha oy to'plangan malumotlarni o'rganib chiqdi va katta ko'lamdagi ishga qo'l urdi. Hozir ularning bazilari oddiydek tuyular, lekin 2001 yil uchun katta gap edi.

• Belgiyaning barcha klub akademiyalarida 4-3-3 sxemasiga o'tish.

90-yillar belgiyaliklarda qaysi sxemadan foydalanish borasida aniq bir to'xtamga kelinmagandi. Kimdir 3-5-2 taktikasidan foydalansa, boshqa birov 3-4-3dan foydalanardi. Milliy terma jamoada esa 4-4-2dan ham foydalanishgan va biror bir taktik sxema uzoq vaqt asosiy bo'lib qolmagan. Bu esa o'z-o'zidan futbolchilarga noqulaylik tug'dirgan. Sababi ular termaga kelgach, butkul boshqa o'yin uslubiga moslashishlariga to'g'ri kelardi. Sablon "Barselona" va "Ayaks" akademiyalarida bo'lgan vaqti, ularning ish/o'yin uslubini kuzatarkan, 4-3-3 – eng mukammal joylashuv degan qarorga keladi.

"Bunday joylashuvda harakat qilar ekan, futbolchilarni har tomonlama rivojlantirish mumkin va ular boshqa taktik sxemalarda ham yo'q bo'lib qolmaydilar. 4-4-2 yoki 3-5-2 sxemalarida mehnatkash va yugurishga o'rgangan o'yinchilarni tayyorlash mumkin", – tushuntiradi Sablon.

• Bolalarni tayyorlashda o'zgacha yondashuvdan foydalanish: driblingni kuchaytirish, maydondagi futbolchilar sonini kamaytirish, to'p uchun kurash va himoyadan to'pni uzoqqa (oldinga havodan) tepishni taqiqlash.

Xelsenning mehnati samarasi o'laroq, hayratlanarli fakt aniqlandi – o'yinning har 30-daqiqasida maydondagi yosh futbolchilarning har biri to'pga bor yo'g'i 2 (!!!) bor tegadi. Sablon o'ziga xos variantni taklif qildi: etti yoshgacha futbolchilar 2x2 tarkib, keyin 5x5, undanda kattaroqlar – 7x7 (shu yo'sinda 15 yoshdagina to'liq tarkibda uchrashuv o'tkazishadi). Bunday formatda futbolchilar maydon bo'ylab halloslab yugurmay, ko'proq to'p bilan muomalada bo'lar, bevosita o'yindagi vaziyatlarda dribling ustida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Sablon himoya haqida ham unutgani yo'q. Yosh bolakaylarga to'p uchun kurashga kirish (hayron bo'lmang, yani to'p uchun yakka kurashlarga kirish va "podkat"dan foydalanish)ni taqiqlashni taklif qildi. Nazariy jihatdan bu futbolchilarning maydonda fikrlash qobiliyati o'sishiga olib kelardi: to'pni olib qo'yishning eng oddiy usulini emas, futbolchilar o'yinni "o'qish"ni o'rganishadi. 

"Anderlext"ning bolalar jamoalarida to'p uchun kurashga kirish man etilgan — bu haqida yoshlar jamoasida aytib berishadi. Yosh bolakay "o'yinni o'qish"ni va raqibni tezkorlik evaziga engishni o'rganishi zarur. Bizga aql bilan harakat qiluvchi futbolchilar kerak, "qassob"lar emas", – tushuntirardi "Anderlext" akademiyasi murabbiyi Jan Kindermans. Tizimni o'ylab topishning o'zi kamlik qiladi — Sablon innovaciyalar hayotga tadbiq etilishiga akademiyani ishontira olishi kerak edi. Barcha malumotlarni etkazish uchun katta taqdimot o'tkazdi (4 soat davom etdi) va 2001 yil bahorda mamlakat bo'ylab sayohat qildi — tahminan yuz marotaba islohotlarini taqdimot orqali namoyish etdi.

Bazida u taqdimot uchun yangi g'oyalarni sayohat davomida o'ylab topardi. Taqdimotlardan birida Mishel akademiya prezidenti bilan birgalikda mashg'ulot maydoniga yo'l oldi. Sablon to'satdan devor yaqiniga bordi va o'sha erda yarim daqiqa toshdek qotib qoldi.

Sablon: Nazarimda, hamkorligimiz uzoqqa cho'zilmaydi.
Prezident: Tinchlikmi, nimaga?!
Sablon: Sizlarda U-7 va U-8 jamoalari musobaqasida jadval borligiga ko'zim tushdi...

Mishel tushunib etdi: agar bolalar o'yindan zavq olmay, faqat natija haqida o'ylasa, ularga futbolni o'rgatib bo'lmaydi. O'sha kuni Sablonning taqdimot ishiga yana bir g'oya qo'shildi — yosh bolalar jamoalaridan turnir jadvalini olib tashlash kerak. O'sha vaqtlar Belgiya akademiyalari juda kam iqtidorlar etishtirib chiqarardi. SHuning uchun ular Sablonga imkon berishga qaror qilishdi.

Bazi maktablar dasturni o'z qarashlariga ko'ra moslashtirib olganlar. Masalan, himoyachilarga biroz og'ir bo'lsa-da, oldinga qarab tezroq harakatlanishlari uchun "Anderlext" akademiyasi 15 yoshgacha bo'lgan jamoalarda 3-4-3 sxemasini qo'llaydi. Boshqa bir maktablar esa yangi qoidani darhol qabul qilganlari yo'q. "Murabbiylarni 4-3-3 sxemasiga o'tishga ko'ndirgunimizcha oradan besh yil o'tdi. Ular bunga rozi bo'lishmadi, sababi ularni faqat g'alaba qiziqtirardi", – yodga oladi Sablon.


Belgiyada bo'lib o'tgan Evropa CHempionatidan yig'ilgan pulga 8ta futbol maktabi qurildi. Lukakuning otasi o'tkazgan bosim tufayli "Anderlext" akademiyani modernizaciya qildi

Bu voqealar bilan parallel ravishda belgiyaliklar boshqa muhim bosqichni yo'lga qo'ydilar — infratuzilmalar rivojlanishi.

Belgiya uyda bo'lib o'tgan musobaqalardan qanday foyda olish mumkinligini ko'rsatib berdi. Evro-2000da mamlakat yaxshigina pul ishlab oldi. Aniq summa malum emas, biroq qo'shimcha talim uchun sakkizta futbol maktabi qurish uchun etarli bo'ldi. Klub akademiyalarida odatiy mashg'ulotlarga qo'shimcha ravishda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar o'sha maktabda tahsil oladilar. De Bryuyne, Mertens, Kurtua, Vitcel va SHadli o'sha "qozonda qaynadi".

Bir necha yildan so'ng Belgiyaning etakchi akademiyalari rivojlanish uchun sarmoya kiritdilar. "Standart" 18 million evro sarfladi (natijada akademiyadan Fellayni va Vitcel etishib chiqdi), "Genk" esa yangi maydon va manej uchun 3 million evro pulni safarbar etdi (Tibo Kurtuani tarbiyalab, xarajatlarini qoplab oldi).

"Anderlext" qolganlarga qaraganda ancha kuchli "yurish qildi" va 2007 yilda "Purple Talent Programme" nomli innovacion dasturni taqdim etdi. "Anderlext" akademiya va Bryusseldan iqtidorli bolalarni yig'di va barchasini alohida o'quv markaziga joylashtirdi. Ular maktab darslari o'rniga o'sha erda ertalabdan shug'ullandilar, darslarni esa kunning ikkinchi yarmida o'tdilar.

 

Sablon islohoti ish berdi: Belgiyada iqtidorli avlod etishib chiqdi, texnik direktor esa super yulduzga aylandi

Islohotdan keyingi ilk yillar osonlik bilan o'tmadi. Belgiyalik o'smirlar hamda yoshlar terma jamoalari yangi sxemaga moslashishlari qiyin kechdi va mag'lub bo'laverdilar. Kattalar termasi Evro-2004 va JCH-2006dan chiqib ketdi. Texnik direktor va uning inqilobiga bo'lgan ishonch tobora so'nib borardi. Faqatgina Mishel o'ziga bo'lgan ishonchni saqlab qoldi va biroz sabr qilishlarini iltimos qildi. "Terma jamoa murabbiylari menga shunday dedilar: "Biz siz aytgan 4-3-3 sxemasiga o'tdik, ammo faqat mag'lub bo'lmoqdamiz. Yaqinda Evropa chempionati boshlanadi. Siz hali ham tizim bo'yicha ish tutishimiz va guruhdan chiqishga kurashishdan voz kechishimizni istaysizmi?". Men esa doim quyidagicha javob qaytarganman: "Ha, men shuni istayman", — deydi Sablon.

SHundan so'ng voqealar rivoji umuman boshqacha tus ola boshladi.

2007 yilga kelib Belgiya futbol ligalarida iqtidorli bolalar ko'zga tashalana boshladi. "Genk" safida 16 yoshli Kurtua va 17 yoshli De Bryuyne debyut uchrashuvida maydonga tushishdi, "Standart" asosiy tarkibiga 17 yoshli Vitcel va 19 yoshdagi Fellayni kiritildi. Kim biladi deysiz, balki "Standart" nafaqat futbol maktablari, balki sartaroshxonalarga ham investiciya kiritgan va shuning natijasi o'laroq, Aksel va Maruandek iqtidorlarni topa olgandir. Qo'shni Franciya mamlakatida "Lill" tarkibida 16 yoshli Eden Azar maydonga tusha boshladi. Hattoki, nisbatan moliyaviy imkoniyatlari cheklangan "Gent" ham Niko Lombertsga katta futbol uchun tramplin vazifasini bajardi. Keyinchalik ushbu futbolchi mamlakat bosh termasida to'p tepgani va Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi tarkibida UEFA Kubogida muvaffaqiyatga erishganini muxlislarimiz yaxshi biladi.

O'sha yili Belgiya U-17 o'zida o'tgan Evropa CHempionatida yarim finalga etib bordi. O'sha jamoa etakchilari Azar va Benteke edi. Final yo'llanmasi uchun kurashda belgiyaliklar penaltilar seriyasida ispaniyalik tengqurlariga imkoniyatni boy berishdi. 2008 yil iqtidorlarga boy Belgiya U-23 termasi tarkibiga Miralyas, Dembele va Vertongendek futbolchilar qo'shilgandi, Pekin Olimpiadasida to'rtinchi o'rinni egalladi. Dunyo ilk bor bunday o'yin uslubiga ega Belgiyani ko'rayotgandi: tezkor, tajovuzkor va tashabbusni o'z qo'lida saqlab turuvchi jamoa.


Belgiyaning iqtidorli futbolchilari tugadimi? Yo'q — "oltin avlod"dan keyin doim biroz tanaffus bo'ladi

2019 yil. So'nggi ikki xalqaro turnirda "oltin avlod" vakillari porladi, Jahon CHempionatida bronza medali sohibi bo'ldilar. Hozirda esa Evro-2020ga tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Termaning asosi saralashni ancha ulg'aygach yakunlaydi: Alderveyreld va Vitcel 30 yoshda, Vertongen, SHadli va Mertens – 32da, Vermalen (qiziq, Martines hali ham uni termaga chaqiradi) – 34 yoshga qadam qo'ygan. Terma jamoa safini yangilash kerak, ammo bu biz o'ylaganchalik oson ish emas.

Belgiyadan etishib chiqqan yosh super-iqtidorli o'yinchi haqida hech eshitganmisiz? Ha, arzirli misol keltirish qiyin. Nisbatan Yuri Tilemans va Dennis Pratni aytishimiz mumkin. Azar, De Bryuyne yoki hech bo'lmaganda Mertens darajasidagi iqtidorlilar ko'rinmay ketganiga ancha bo'lgan (2012 yil lov etib yongan-u, puf etib o'chgan Yanuzani ko'pchilik eslasa kerak). Sablon tizimiga ortiqcha baho berib yuborilganmi va "oltin avlod"dan keyin barchasi tugaydimi? Aslo!

Belgiya noyob futbol fabrikasini yarata olgan, lekin hech bir tizim iqtidorli o'yinchini De Bryuyne yoki Azar darajasiga olib chiqolmaydi. Belgiya tizimining afzalligi bunday "brilliantlar" paydo bo'lishida emas, balki tanlov borligida: so'nggi yillarda termada aqlbovar qilmaydigan variantlar bor edi (Yanuzay, Minole, Miralyas, Benteke, Origi va Nainggolanni eslang — jamoaning muhim futbolchisi bo'la olmagan juda kuchli o'yinchilar).

Har bir mamlakatda "super yulduzlar avlodi"dan so'ng biroz sustlik davri paydo bo'ladi. Bir yodga oling: 1998-2002 mavsumlardan keyingi Franciya, 2008-2014 yildan so'ng Germaniya, hattoki 2008-2012 yillardagi dahshatli Ispaniya ham asta-sekinlik bilan harakatlanishga tushib qolgandi. Bazan bu shunchaki hissiyotlar bilan bog'liq muammo bo'ladi: biz etti yil mobaynida belgiyaliklarning ajoyib o'yinlaridan bahramand bo'ldik. Tabiiyki, ulardan keyingi munosib futbolchilar ham ko'zimizga biroz zaifdek ko'rinadi.

Belgiyaliklar hozirda nisbatan yaxshi ahvolda. Roberto Martines Evro-2020 saralash bosqichida bir nechta yosh iqtidorlarni termaga jalb qildi. Ishga chuqurroq kirishsa, "oltin topilmalarga" ega bo'lishi hech gapmas.

Yaqin 5-6 yil belgiyaliklar tarkib borasida havotir olmasalar ham bo'ladi. 


Evropada belgiyalik futbolchilar "moda"da. Belgiyada tadqiqot o'tkazishdi: Angliyaga erta ketish futbolchi karerasiga salbiy tasir ko'rsatadi

Mana kelasi avlod bilan aynan shunday muammolar yuzaga kelishi mumkin.

"Oltin avlod vakillari"dan so'ng belgiyalik o'yinchilarni sotib olish urfga aylandi va ko'plab skautlar Belgiya ligalarida izg'ib, yangi Azarni izlashmoqda. Boshqa mamlakatlarga erta jo'nab ketish o'tgan avlod vakillariga hech qanday salbiy tasirini o'tkazmadi (Azar, Mertens, Vertongen, Vermalen). Lekin aynan ular tufayli boshqa yosh futbolchilar "sinib qolayotganiga" belgiyaliklarning ishonchi komil.

Qarang. Keres Masangu, Flor Van Den Eyden, CHarli Musonda, Indi Bonen — birortasi haqida eshitganmisiz? Ularning barchasi yaqin o'tmishdagi Belgiya yoshlar terma jamoasi o'yinchilari edi. Ular endigina 17-18 yoshga qadam qo'yganida Evropa klublari sotib olgandi, biroq birortasi hatto zaxiralar o'rindig'idan joy egallay olmadi (bazilari Belgiyaga qaytdi, qolganlari esa ijaraga berib yuborildi).

2019 yil Belgiyaning etakchi futbol agentligi "Stirr Associates" (termaning yarim tarkibi u bilan shartnoma imzolagan) APLga erta transfer qilingan belgiyalik futbolchilar faoliyatini bu qanday tasir ko'rsatganini o'rganish uchun mablag' ajratdi. Tadqiqot doirasida 2005-2018 yillarda faoliyat yuritgan 18 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan 80ta o'yinchi karerasi o'rganib chiqildi. Bundan malum bo'ldiki, Angliyaga transfer qilinish yosh iqtidorlar faoliyatiga katta salbiy tasir ko'rsatgan ekan.

"18 yoshda APLda o'ynab ketish juda qiyin, — deydi agentlikning ijrochi direktori Steyn Frensis. — Tadqiqot natijasida yangi jamoadagi ilk daqiqalar futbolchining uzoq muddatli rivojlanishini muhim ahamiyatga ega ekani malum bo'ldi. Premer-Liga yoki A Seriyaning 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoalari bilan birga o'ynash — Belgiyaning oliy divizionida o'ynash kabi samarali emas".

So'nggi ikki yil ichida shunga o'xshash holatlar ko'p bo'ldi. Yorqin misol — vinger CHarli Musonda: u 16 yoshida "CHelsi"ga o'tdi va 3 yil ichida atigi uch marta "ko'klar" safida maydonga tushdi. Hozirda esa Sluckiy qo'l ostidagi "Vitess" jamoasida faoliyatini qaytadan boshlamoqda. SHunga o'xshash transferlar "MYU" va "Siti"da ham bo'lgan edi.

Omadsizliklar faqatgina APL bilan bog'liq emas. 19 yoshli himoyachi Flor Van Den Eyden 2017 yil "Inter"ga o'tdi. Oradan ikki yil o'tdi, ammo klubning birorta o'yinida maydonga tushmadi va Gollandiya ikkinchi darajali ligasidagi "Eyndxoven" klubiga o'tdi. Keres Masangu "Roma"dan "Sassuolo"ga ijaraga o'tdi, lekin baribir omadi yurishmadi. Bu to'g'ri kelgan ikki futbolchi emas – ularning har ikkisini "The Guardian" 2017 yil har yillik "Next Generation"da Vinisus va Sancho bilan bir qatorda etirof etgandi.

Kim biladi deysiz, balki futbolchilar Belgiyani juda erta tark etayotgani tufayli shunday bo'layotgandir — axir o'nga yaqin klub birdek adashib, iqtidorsiz o'yinchilarni sotib olmagandir...

***

Voqeaning eng zo'r tomoni – Belgiya bugungi natijaga naqadar oson erishganini anglab etishda. Ilmiy yondashuv va biroz mehnat, bir necha yil sabr kimlarningdir necha yillik orzusini ro'yobga chiqaradi. Bunga juda katta mablag' va yoki davlat tomonidan alohida yordam shart emas.



2012 yil Sablon missiya bajarilgan deb hisobladi va mamlakat futbolini tark etdi. Keyinroq u Singapur Futbol Federaciyasida to'rt yil faoliyat olib bordi. Mahalliy mutaxassislar uning ishlashidan hayratta ekanliklarini yashirib o'tirishmadi. Hozir esa Mishel nafaqada. U juda kam intervyu beradi, lekin gapning dangalini aytadi. Ularning birida Mishel dunyoning istalgan federaciyasi o'zi uchun foydali qismini olish mumkin bo'lgan, o'zi amalda qo'llay oladigan gaplarni aytgan.


"Belgiyada amalga oshirilgan ishni istalgan klub yoki federaciyada ham qilish mumkin. Biz olamshumul ish bajarganimiz yo'q. Buning uchun "dunyoning pullari" ham kerak bo'lmaydi. Bizni ortiqcha pulimiz ham yo'q edi. Biz Evropaning kichik bir mamlakatimiz hamda muammolarimiz o'zimizga etadi. Sababi mamlakatda ikkita til faol ishlatiladi – shimoliy qismdagilar golland tilida gapirsa, janubliklar – francuzchada so'zlashadi. Lekin biz bunga ko'nikdik va muammolarni engib o'tishni o'rgandik".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика