Belgiya o'z tarixida ikkinchi marta yarim finallarda imkoniyatni boy berdi
11 iyu 2018 01:43
Yangiliklar


Belgiya o'z tarixida ikkinchi marta yarim finallarda imkoniyatni boy berdi
Belgiya terma jamoasi JCH-2018 yarim finalida Franciyaga (0:1) imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Belgiyaliklar JCHlar tarixida ikkinchi marta yarim finalda imkoniyatni boy berishdi.
1986 yilgi JCHda ham ular yarim finalda Argentinaga (0:2) yutqazib qo'yishgandi. O'shanda uchinchi o'rin uchun bahsda ular Franciyaga (2:4) mag'lub bo'lishgandi.
JCH-2018 da Belgiya terma jamoasi 14 iyul kuni uchinchi o'rin uchun maydonga chiqadi. Ularning raqibi Xorvatiya-Angliya uchrashuvida mag'lub bo'lgan jamoa bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 18
20:05
Timur Kapadze: "Katanec bilan bir-birimizni tabrikladik. Biz Qatardan har jabhada kuchlimiz" 40

Fikrlar