Belgiya klubi futbolchisi "Paxtakor"ga o'tishni istamadi
04 dek 2019 14:35
Yangiliklar


Belgiya klubi futbolchisi "Paxtakor"ga o'tishni istamadi
Toshkentning "Paxtakor" klubi Belgiya chempionatida to'p tepayotgan Dyomersi Mbokani bilan shartnoma tuzishga urindi.
Africatopsports nashrining yozishicha, "sherlar" "Antverpen"ning 34 yoshli hujumchisini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan. Moliyaviy jihatdan yaxshi daromad keltiruvchi shartnoma taklif qilinganiga qaramasdan, kongolik forvard Toshkent klubiga "yo'q" dedi.
Eslatib o'tamiz, Dyomersi Mbokani faoliyati davomida "Anderlext", "Standard", "Monako", "Volfsburg", "Dinamo" (Kiev), "Norvich Siti", "Xall Siti" kabi klublar sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar