Belgiya futbol federaciyasi Texnik bo'lim boshlig'i "Lokomotiv" stadionida bo'ldi
18 jan 2018 13:38
Yangiliklar
Belgiya futbol federaciyasi Texnik bo'lim boshlig'i "Lokomotiv" stadionida bo'ldi
Yurtimizda tashrif bilan bo'lib turgan Belgiya futbol federaciyasi Texnik bo'lim boshlig'i Kris van Puyvelde bugun O'zbekiston chempioni – "Lokomotiv" futbol klubida bo'ldi.
Kris van Puyvelde "Lokomotiv" stadioni va klub qarorgohida bo'lib, u erda yaratilgan shart-sharoit, "Lokomotiv" futbol klubining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida u klub infratuzilmasini yanada rivojlantirish, stadionga muxlislar tashrifini oshirish, yosh futbolchilar tarbiyalash tizimimini yanada takomillashtirish bo'yicha o'z taklif va tavsiyalarini berdi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar