So’nggi yangiliklar

01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  21 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  2 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  35 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  11 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  78 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

Belgiya EVROda, Rossiyaga yarim qadam kerak Yangiliklar

Belgiya EVROda, Rossiyaga yarim qadam kerak

Kecha, 10 oktyabr kuni Evro-2020 saralashi doirasida 10ta uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu bahslar natijasi va guruhdagi holat haqida to'xtalib o'tamiz.


"C" guruhi

Gollandiya - SHimoliy Irlandiya 3:1

Gollandiya terma jamoasi so'nggi daqiqalarda kambek amalga oshirib, turnir jadvalida etakchilik qilayotgan Germaniya va SHimoliy Irlandiyaga etib oldi. Irlandiyaliklar Josh Majennisning goli orqali 75-daqiqada uchrashuvdagi hisobni ochishdi, biroq bahs yakunida mezbonlar o'zini ko'rsatishdi. Depay besh daqiqadan so'ng o'rtadagi muvozanatni tikladi, keyin Lyuk de Yong o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda yana o'sha Memfis uchrashuvga nuqta qo'ydi.


Belarus - Estoniya 0:0

Bahs mehmonlar sardori Konstantin Vasilevning ustunni nishonga olishi bilan boshlandi. Tanaffusdan so'ng mezbonlar kuchliroq ko'rindi, ammo Sergey Lempets ikki marta Stanislav Dragunning xavfli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Estoniyaliklar bu bosqichda birinchi ochkoni ishlab olishdi, belaruslar esa EVROga saralash bahslari orqali chiqishga urinib ko'rishadi.


"E" guruhi

Xorvatiya - Vengriya 3:0

Vengrlarni taslim qilgan Xorvatiya eng yaqin taqibchisidan 3 ochkoga o'tib ketdi. Hisobni Luka Modrich ochdi, keyin Bruno Petkovich o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi. Mehmonlar safida Laslo Klyaynxayslerning chetlatilishi o'yin oxirida xorvatlar xotirjam o'ynashiga imkon berdi, Ivan Perishich esa penaltini golga aylantira olmadi.


Slovakiya - Uels 1:1

Ikkinchi o'rinda ketayotgan Slovakiya 4-o'rindagi Uels bilan 3 ochkolik farqni saqlab qoldi. Birinchi bo'lim va ikkinchi taymning boshida mehmonlar ustunlik qilishdi. Garet Beyl to'sinni nishonga oldi, Kiffer Mur esa 25-daqiqada o'zining milliy jamoadagi dastlabki golini urib, uelsliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 53-daqiqada mehmonlarning umidini Yuray Kucka yo'qqa chiqardi.


"G" guruhi

Latviya - Polsha 0:3

Robert Levandovski Rigada terma jamoa safida xet-trik qayd etib, polshaliklarning ishonchli g'alabasini taminladi. Birinchi ikkita gol uchun 13 daqiqa kerak bo'ldi, uchinchi gol bahsning oxirida urildi. Polshaliklar guruhda etakchilik qilmoqda va ular yakshanba kuni EVRO masalasini ijobiy hal qilishlari mumkin, Latviya esa hali ham ochko ololgani yo'q.


Avstriya - Isroil 3:1

Avstriya irodali g'alabaga erishib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Eran Zaxavi saralashdagi o'zining 10-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi, biroq Valentino Lazaro tanaffusdan oldin hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda Martin Xinteregger va Marsel Zabitcerlar raqib darvozasini ishg'ol qilishdi.


SHimoliy Makedoniya - Sloveniya 2:1

Elif Elmasning ikkita goli mezbonlarga g'alaba keltirdi va makedoniyaliklar 3-o'rindagi sloveniyaliklarga etib oldi. Sloveniya terma jamoasining yagona goliga Yosip Ilichich mualliflik qildi.


"I" guruhi

Belgiya - San-Marino 9:0

Belgiyaliklar javobsiz 9ta gol urib, birinchilardan bo'lib EVRO-2020 yo'llanmasini hal qildi. Romelu Lukaku o'z hisobiga 2ta gol yozdirib qo'ydi va milliy jamoadagi gollari sonini 51taga etkazdi. Kristian Brolli avtogol muallifiga aylandi, qolgan gollar esa Nosir SHodli, Tobi Alderveyreld, Yuri Tilemans, Kristian Benteke, Yari Versxaren va Timoti Kastane hisobiga yozildi.


Rossiya - SHotlandiya 4:0

Rossiya EVRO-2020 masalasini hal qilish uchun yakshanba kuni Kipr bilan kamida durang o'ynashi kerak. "Lujniki"dagi dastlabki gol 57-daqiqada urildi. Artyom Dzyuba qiyinchilik bilan bo'lsada o'z jamoasining birinchi goliga mualliflik qildi. Magomed Ozdoev tezlik bilan hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi, keyin Dzyuba o'zining ikkinchi golini urdi. Uchrashuvga nuqtani Aleksandr Golovin qo'ydi. SHotlandiya EVRO-2020ga chiqish imkoniyatiga ega, biroq buning uchun guruhda 3-o'rinni egallab, saralash uchrashuvlarida g'alaba qozonish kerak.


Qozog'iston - Kipr 1:2

Birinchi bo'limda Temirlan Erlanov goli evaziga qozog'istonliklar hisobda oldinga chiqib olishdi, ammo tanaffusdan so'ng o'yin surati o'zgardi. Kiprliklar faolroq harakat qilishni boshlashdi va Pieros Sotiriu hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv masalasini hal qilgan gol 84-daqiqada Nikolas Yannu tomonidan urildi. Qozog'istonliklar EVRO-2020da ishtirok etish imkoniyatidan ayrilishdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика