Belerin yozda "Arsenal"dan ketishi mumkin
07 apr 2021 12:50
Yangiliklar
Belerin yozda "Arsenal"dan ketishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin klubdan ketishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga hali ham bir yil oldin "Arsenal" bilan kelisha olmagan PSJ qiziqish bildirmoqda.
Parijliklarning yozda muzokaralarni tiklashlari kutilmoqda, ammo "kanonirlar" francuz klubiga hech qanday chegirmalar bermaydi.
26 yoshli ispaniyalik futbolchi "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar