Belerin ECHdagi har daqiqa uchun Londondagi yong'in jabrlanuvchilariga 50 funt xayriya qiladi
17 iyu 2017 17:51
Yangiliklar
Belerin ECHdagi har daqiqa uchun Londondagi yong'in jabrlanuvchilariga 50 funt xayriya qiladi
"Arsenal" va Ispaniya yoshlar terma jamoasi futbolchisi Ektor Belerin Londondagi 24 qavatli ijtimoiy uyda sodir bo'lgan yong'in jabrlanuvchilariga yordam berishin malum qildi.
Yong'in natijasida kamida 30 kishi halok bo'ldi, 24 kishi kasalxonada, ularning 12 nafari og'ir ahvolda. O't o'chiruvchilarning malumotlariga ko'ra, 120ga yaqin oila yong'indan jabrlangan bo'lishi mumkin.
"Londondagi yong'in jabrlanuvchilariga yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida o'tkazgan har bir daqiqa uchun 50 funtdan hayriya qilaman" - deydi Belerin.
Ispaniya terma jamoasi 17 iyun kuni Makedoniyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar