So’nggi yangiliklar

09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  8 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  15 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  10 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  13 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  33 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  4 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  2

Belarus. "SHaxtyor Soligorsk" navbatdagi g'alabaga erishdi Yangiliklar

Belarus. "SHaxtyor Soligorsk" navbatdagi g'alabaga erishdi

Belarus chempionatining 20-turi doirasidagi "Sluck" - "SHaxtyor Soligorsk" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Sluck – SHaxter 0:2

"Gorodskoy stadion"

Gollar: 0:1 – 25, penalti Arxipov, 0:2 – 62 Antich.

Sluck – Pankratov, Krivulkin, Anyukevich, CHebotaev, Takulov, Buraev, Teterenko, Salu, Semenov, Apanasovich, Zuevich (Velko, 71).

SHaxter – Gutor, Sachivko, Antich, Xadarkevich, Selyava, Ivanovich, Podstrelov (Bodul, 59), Vukmanich (Burko, 46), Szoke, Yaxshiboev, Arxipov (Balanovich, 29).

Ogohlantirish: Krivulkin (24), Vukmanich (27), Takulov (60), Salu (61), Serdyuk (64), Szoke (76).




YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. CHiroyli o'yin bo'ldi. "SHaxtyor" g'alabalari bilan chempionlik va ECHL sari yaqinlashmoqda. Gol urmagan Yaxshiboevning o'yinini yuqori bahoga baholasak bo'ladi. Barchaga rahmat. Biz bilan qoling.

90+1. CHibotaevning zarbasini Gutor ushlab oldi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Balanovichning zarbasi noaniq ko'rinish oldi. Yaxshiboev varianti ham bor edi.

89. ZARBAAAAA!!! Antichning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

87. Ikki tomon ham o'yinni yakunlash uchun o'ynashmoqda. Vaqt o'tgani sayin mezbon jamoa taslim bo'lmoqda.

83. "SHaxtyor" juda sokin, xotirjam o'ynamoqda. "Sluck" esa raqibdan har tomonlama qolishmoqda.

81. Ivanovich ikki-uch raqibini aldab yurdi va xavfli vaziyatni ham anchagina darajasini pasaytirdi. Zarba ham oddiy chiqdi. To'p raqibga tegib, burchakka chiqib ketdi.

77. ZARBAAAAAA!! Balaning zarbasini himoyachilar qaytarishdi!

75. Szoke raqibiga qarshi juda qo'pol o'ynadi. Sariq olganiga shukur qilsin.

71. Yaxshiboev hujumga o'tib ketayotgandi. Lekin to'pni himoyachilar olib qo'yishdi.

68. Garchi bugun gol urmagan bo'lsa-da, Yaxshiboev eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazyapti.

66. Yaxshiboev ikki marta ajoyib "podacha"lar oshirdi. Ikkisida ham gol urish mumkin edi. SHunchaki uning jamoadoshlari gol ura olishmayapti.

63. "SHaxtyor" ikkinchi bo'limda juda chiroyli o'ynayapti. Paslar ham yaxshilandi, tashabbus ham jamoa tomonida.

62. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! ANTIIIIIIICHCHCH!!! Jarimadan super gol! Darvozabon tomoshabin rolini bajardi! Eslatib o'tamiz, jarimani Yaxshiboev ishlab berdi.



60. UXXX!! Jarima zarbasi! Yaxshiboev yiqitildi. Gol urish uchun super nuqta!

56. UXXX!! Yaxshiboev raqib jarima maydonchasi ichida ikki raqibini aldagandi. Uchinchisi ham paydo bo'lib to'pni qaytarib yubordi.

54. SHarhlovchi Yaxshiboevni kelasi mavsumda Rossiya Premer-ligasida ko'rishimiz mumkin dedi.

52. Yaxshiboev raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib ketishi mumkin edi. Ikki himoyachi to'pni olib qo'ydi. Burchakdan uzatilgan to'p esa golga aylanishi mumkin edi. Ivanovichning zarbasi o'xshamadi. 

50. Noaniq pas va aut. "SHaxtyor"ning tezkor qarshi hujumi o'xshamadi. Bugun mehmon jamoa braklarni ko'paytirib tashladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. 

45+2. "SHaxtyor"da yana burchak zarbasi. UXXX!! Yaxshiboevning to'p uzatishidan keyin Podstrelov biroz noaniq zarba yo'lladi.

45. IE! Yaxshiboevning chiroyli pasidan keyin Podstrelov zarba yo'llay olmadi. Gol urish uchun ideal nuqta edi.

41. ZARBAAAAA!!! Podstrelov chiroyli nuqtaga ochilib borayotgan Yaxshiboevga to'pni oshirdi. Jasur to'pni to'xtatishda biroz xatolikka yo'l qo'ydi va natijada zarba o'xshamadi. 

39. QANDAY QILIB!!! Yaxshiboevning to'p uzatishidan keyin Podstrelov boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaga tegib, maydonga qaytdi. Bo'sh qolgan darvozaga Sochivko aniq zarba yo'llay olmadi.

36. UXXXX! Yaxshiboev burchakdan darvoza tomon zarba yo'lladi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

33. Szoke to'pni darvozabonga qaytarishda biroz qaltis o'ynadi. Yaxshiki Gutor to'pni to'xtatdi.

29. Arxipov kutilmaganda jarohat oldi va o'rnini Balanovich to'ldirdi.

25. GOOOOOOOOOLLLL!!! Arxipov o'zi ishlagan penaltidan gol urdi!



24. PENALTIIII!!! Krivulkin o'z jarima maydonchasi ichida raqibini yiqitdi. Yaqqol penalti bu. Yaxshiboev to'p oldida. Yo'q, penaltini ishlagan Arxipov to'p oldiga keldi.

23. ZARBAAAA!!! Yaxshiboevning pasidan keyin Podsterolov chap oyog'ida zarba yo'lladi. Biroz noaniq. 

22. "Sluck" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Kichik kombinaciyadan keyin Buraevning qanotdan uzatgan to'pini Gutor ushlab oldi.

21. "Sluck" pressingga etibor bermayapti. Biroq "SHaxtyor" paslarda ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda.

19. Vukmanich qanotdan uzatgan to'piga "SHaxtyor" hujumchisi boshi bilan zarba bera olmadi.

15. O'yin zerikarlilashdi.

12. "SHaxtyor" ham hujumga o'tdi. Ivanovich hujumda fol ishlatdi. Salu jabrlanuvchi rolida.

10. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Semenov burchakdan to'pni xavfli tarzda uzatdi. Selyava qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

8. O'yin asosan "SHaxtyor" yarim maydonida o'tmoqda, lekin vaziyatlar bo'lmayapti.

6. Buraev "Kuarejma uslubi" orqali to'pni darvozaga tepmoqchi bo'ldi. Ammo u Buraev edi... 

5. ZARBAAAAAAAA qaniiiiiii!!! Yaxshiboev burchakdan to'p uzatish borasida master klass o'tkazdi. Uning tepgan to'pi darvoza chizig'i ustigacha bordi, biroq jamoadoshlari bo'sh qolgan darvozaga to'pni joylab qo'ya olishmadi.

3. "Sluck" tezkor qarshi hujumga o'tib ketishi mumkin edi. Apanasovichni mehmonlar himoyachilari to'xtatib qolishdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay! Biz ham tayyormiz!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Maydonda Belarus davlati madhiyasi yangramoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Barchaning etiborini "Gorodskoy" stadioniga taklif qilamiz. Bugun ushbu stadionda "Sluck" hamda Soligorskning "SHaxtyor" jamoalari bahs olib borishadi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика