So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  4 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Belarus. "Energetik-BGU" chempionat etakchisini mag'lub etdi, Yaxshiboevdan dubl Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" chempionat etakchisini mag'lub etdi, Yaxshiboevdan dubl

Teglar :  SluckEnergetik-BGU
Belarus chempionati 8-tur doirasida "Sluck" va "Energetik-BGU" jamoalari o'rtasidagi o'yinga start berildi.

"Sluck" - "Energetik-BGU" 1:2

Gol: Yaxshiboev (17-pen, 29-pen). Muhammad (41).

Sluck – Pankratov, Trubilo, Obrazov, CHebotaev, Krivulkin, Koanda, Takulov, Kozlov, Umar Bala, Salu, Sirima (Serdyuk, 70).

Energetik-BGU – Lesko, Yudchic, Sokol, SHkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboev, Umarov (Bakich, 46), Tve, Musaxanyan.

Ogohlantirish: Musaxanyan (26), Trubilo (28), Tve (42), Yaxshiboev (77), Lesko (90).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Ajoyib o'yin bo'ldi. Ushbu g'alaba orqali "Energetik-BGU" 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

90+3. O'yinni validol bilan ko'rishga majbur bo'lyapmiz. "Energetik-BGU" jarima maydonchasida o'yin bo'lyapti. 

90+2. ZARBAAAAA!!! Kozlovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

4 daqiqa qo'shib berildi.

89. VAAAAYYYY!!! Yaxshiboev barchadan o'tib ketib, birga bir vaziyatdan foydalana olmadi, uning tepgan to'pini posbon qaytardi. Uning ortidan "Sluck" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Biroq himoyachilar so'nggi pallada to'pni burchakka chiqarib yuborishdi. Burchakdan oshirilgan to'pga Koanda boshi bilan zarba yo'lladi. Bunisi esa noaniq ketdi.

87. "Energetik-BGU" darvozasi yonida yana bir havfli vaziyat! Semenov to'pni o'zida ushlab turaverdi, biroq zarba yo'llamadi. U darvozaga juda ham yaqin turgandi.

85. ZARBAAAAAAA!!! Hisob tenglashishi mumkin edi!! Kozlovning pasidan keyin Krivulkin darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p Noskoga tegib, jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib ketdi.

83. Mezbonlar burchak zarbasiga ega bo'lishdi. Undan oshirilgan to'pga Koandaning bergan zarbasi darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

81. Endi esa Yaxshiboevning zarbasi darvozabonning qo'llariga borib tushdi.

79. Tvening zarbasini Pankratov osonlik bilan ushlab oldi.

77. Yaxshiboev to'p maydonni tark etganidan keyin raqibini tepgani uchun ogohlantirildi.

73. "Energetik-BGU" tezkor qarshi hujumga o'tishi mumkin edi. Bakich markazda to'pni qabul qilib olib, ideal tarzda ochilgan Yaxshiboevga oshirishi mumkin edi. Ammo u to'pni hech kim yo'q bo'lgan qarama-qarshi qanotga tepib yubordi.

71. Qizil kartochka!! Musaxanyan ikkinchi sariq kartochkasini oldi. U rostdan ham sariq kartochkaga loyiq ish qildi. Hakam shavqat qilmayapti. Hisobda oldinda borayotgan "Energetik-BGU" bir kishi kam bo'lib qoldi.

68. "Sluck"da yana bir standart. Jamoa borgan sari darvozaga yaqinlashmoqda. Uzatib berilgan to'pni Lesko urib qaytarib yubordi.

66. "Sluck" futbolchisi jarimadan to'pni BGU darvozasi tomon tepdi. Nosko esa to'pni havfli holatda darvozabonga tashlab berdi.

63. Yo'q, Takulovning zarbasi noaniq ketdi.

62. Tve o'z jarima maydonchasi yonginasida raqibini yiqitdi. Fol, mezbonlarda hisobni tenglashtirish uchun jarima zarbasi. 

61. Noskoning to'p uzatishidan keyin Yaxshiboev raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo ikki himoyachi bunga yo'l qo'ymadi.

58. ZARBAAAAAAA!!!! Burchakdan oshirilgan to'pga Bala boshi bilan zarba berdi. Lesko to'pni ushlab oldi. Ajoyib seyv!

55. EXXX!!! Ajoyib vaziyat!! Yaxshiboev raqibidan to'pni olib qo'ydi va darvozabonni ham aldab o'tdi. Ammo u chap oyog'ida bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

54. Muhammad Saluning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

52. Ikkinchi bo'limda hozircha BGU hujum uyushtira olganicha yo'q. CHebotaevning jarimadan uzatgan pasi esa maydondan tashqariga chiqib ketdi.

50. O'yin markazga ko'chdi. Hozircha tomonlar pas oshirish bilan band.

48. Xavfli zarba! Bakich qulay nuqtadan zarba yo'lladi. To'p Pankratovning qo'liga borib tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!!

Ikkinchi bo'lim boshida o'zgarish. Umarov o'z o'rnini Bakichga bo'shatib berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Trubiloning jarimadan yo'llagan zarbasi BGU darvozasi yonidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Taym yakuni arafasida mezbonlarning bosimi oshib ketdi. Burchak zarbasi.

41. GOL! Kozlovning boshi bilan oshirgan to'pidan keyin Muhammad Bala hisobni qisqartirdi, 1:2! "Energetik-BGU" himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

38. Kozlovning o'ng qanotdan oshirgan to'piga Sirima boshi bilan zarba yo'lladi. To'p himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

37. Umarov markazda bir necha raqiblarini aldab o'tdi va to'pni Tvega oshirishga tayyor bo'lganida raqibi o'z podkati bilan hujumni to'xtatdi.

36. SHu daqiqaga kelibgina mezbonlar ilk havfli zarbasini amalga oshirishdi. Trubilo o'tkir burchakdan Lesko darvozasi tomon zarba yo'lladi. Umuman olganda posbon vaziyatni nazorat qilayotgandi.

34. "Energetik-BGU" hujumni davom ettirmoqda. Yaxshiboevning chiroyli to'p uzatishi Yudchicga etib bormadi.

32. Hisobda ortda qolayotgan bo'lsa-da, mezbonlar hujumga o'tishga qiynalmoqda. "Energetik-BGU" to'pni o'z yarim maydoniga ham o'tkazmayapti.

29. GOOOOOOLLL!!! JASURBEK YAXSHIBOEVDAN DUBL!!! U ikkala penaltini ham bir tomonga tepdi. Darvozabon esa buni topa olmadi, 0:2!

28. PENALTIIIIIIIII!!!! BGU hisobdagi farqni ikkitaga etkazib olishi mumkin! Bu safar Yaxshiboevning o'zi penalti ishladi.

26. BGU ajoyib tarzda hujum tashkillashtirayotgandi. Biroq Yudchic hujumni buzib qo'ydi. Hozircha Yudchic o'yinga moslasha olmayapti.

25. ZARBAAAAA!!!! Gafar Sirima burchakdan oshirilgan to'pni darvoza tomon to'g'rilamoqchi bo'lgandi. To'p Noskoga tegib, burchakka chiqib ketdi.

24. Hozircha "Sluck" chempionat etakchisiga hos o'yin ko'rsatmayapti. BGUning yosh yigitlari raqiblaridan har jabhada ustun ko'rinmoqda.

22. Krivulkin o'ng qanotda bir raqibini aldab o'tib, darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga borib tegdi.

20. "Sluck" oz vaqt davomida raqiblarini bosimda ushlab turdi. Keyinchalik "Energetik-BGU" hujumga o'tdi. Tvening oshirgan to'piga Jasurning etib olishi iloji yo'q edi.

17. GOOOOOOOLLLL!!! JASUR YAXSHIBOEVVVVV!!!! "Energetik-BGU" chempionat etakchisi maydonida hisobda oldinga chiqib oldi!!! 0:1!

16. PENALTI!!!!!! NOSKO YIQITILDI!!! Mehmonlar hisobda oldinga chiqib olish uchun ajoyib vaziyat! To'pni Yaxshiboev ushlab olgan!

15. "Energetik-BGU" yana hujumga o'tdi. Bu safar Yaxshiboev raqibini aldab o'ta olmadi. Vaziyat yo'qqa chiqdi.

13. Tvening qanotdan uzatgan pasiga Yaxshiboev boshi bilan zarba yo'lladi. Darvozabon yana o'z o'rnida. So'nggi daqiqalarda mehmonlar faol o'ynashmoqda.

12. "Energetik-BGU"da ajoyib vaziyat! Jamoa tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Noskoning havolatib uzatgan ajoyib pasini Yaxshiboev chiroyli tarzda to'xtatgandi. Biroq darvozabon vaziyatni o'qidi va to'pni ushlab oldi.

10. BGUda yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Standartdan Yaxshiboev ajoyib zarba yo'lladi. Biroz noaniq. Darvozabon vaziyatni nazorat qilib turgandi.

8. Yudchic darvozadan 23 metrlar uzoqlikdan zarba yo'lladi. Noaniq. Biroq uning oldida variantlar ko'p edi.

7. Mehmonlar hujumga o'tayotgandi. Ammo Yudchic qoidani buzgani uchun hujum to'xtadi.

5. Mahalliy sharhlovchining aytishiga ko'ra, Atemeng-Yaxshiboev juftligidan ko'ra Umarov-Yaxshiboev juftligi samaradorroq bo'lishi mumkin ekan. Umuman olganda Atemeng so'nggi bir necha o'yinlarni yomonroq o'tkazdi.

3. Ilk daqiqalardan "Energetik-BGU"ning yosh yigitlari pressingni oshirgan. SHunday bir pallada Mavatu raqiblari jarima maydonchasi ichida to'p bilan paydo bo'ldi va to'pni markazga oshirdi. Biroq uning birorta jamoadoshi to'pga zarba bera olmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика