So’nggi yangiliklar

09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  0 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  9 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  4 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  8 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  12

Belarus. Yaxshiboev yangi jamoasida ham debyut o'yinida gol urgan o'yinda yirik hisob qayd etildi Yangiliklar

Belarus. Yaxshiboev yangi jamoasida ham debyut o'yinida gol urgan o'yinda yirik hisob qayd etildi

Belarus Oliy Ligasining 17-turi doirasidagi “Stroitel” o'yingohida o'tgan bahs yakunlandi.

“SHaxtyor” – “Gorodeya” 4:1

22:30, “Stroitel”

Gol: Antich (7), Arxipov (38), Ivanovich (40), Yaxshiboev (82) - Arxipov (51).

SHaxter – Gutor, Sachivko, Antich, Xadarkevich, Podstrelov, Selyava, Szoke, Vukmanich, Ivanovich (Yaxshiboev, 46), Lisakovich (Bodul, 79), Arxipov (Burko, 83).

Gorodeya – Dovgyallo, Yoksimovich, Baglay (Pashevich, 81), SHestilovskiy, Poznyak, Volovik, SHibun, Saichich, Bayduk, Volovich, Arxipov.

Ogohlantirish: Szoke (56), Vukmanich (67), SHibun (84).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDIII!!! Yaxshiboev yangi jamoasida ham debyut golini urgan o'yinni siz bilan Mirjalol Normatov kuzatib bordi. Barchaga rahmat aytamiz. Ertaga bo'lib o'tadigan "Energetik-BGU" ishtirokidagi uchrashuvda ko'rishguncha deb qolamiz.

2 daqiqa qo'shib berildi.

90. Juda yaxshi va hujumkor o'yin bo'ldi. Lisakovich chiqib ketganidan keyin markazga o'tgan Jasur qanday joyda o'ynashi kerakligini murabbiyiga ko'rsatib qo'ydi.

88. "Gorodeya"ning jarimadan uzatgan to'pini Gutor qaytarib yubordi.

85. Uchrashuv taqdiri hal bo'lganidan keyin ikki tomon ham to'xtab qoldi.

Arxipovning oshirgan to'pini to'xtatib, futbolchimiz kuchli zarba bilan uzoq burchakka to'pni mixlab qo'ydi! Daxshatli pushka zarba bo'ldi o'ziyam!

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! YAXSHIBOEVVVVVV!!! CHIROYLI GOLLL!!!

81. Hisob yana yirik ko'rinishga kelishi uchun vaziyat. CHapaqaylar uchun juda chiroyli nuqtadan jarima zarbasi belgilandi. Taxminan 20 metrlar masofa.

79. Bugun yaxshi o'ynagan Lisakovich maydonni tark etdi. Kutilganidek, Yaxshiboev markaziy hujumchi poziciyasiga o'tdi. Uning o'rnini Arxipov egalladi.

77. UXXXXX!!! Arxipovdan chiroyli "prostrel" ko'rgandik. Ammo bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qiladigan futbolchi topilmadi.

75. Yoksimovichning o'ng qanotdan uzatgan "podachasi" maydondan tashqariga chiqib ketdi.

73. "SHaxtyor"da yana bir imkoniyat. Xadarkevichning o'ng qanotdan uzatgan to'piga Arxipov boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

72. Bu erda Lisakovich qulay vaziyatni yo'qqa chiqardi. 18 metrlardan Vitaliy kuchli va noaniq zarba yo'lladi. Huddi zarda qilayotgan odamdek tutmoqda u o'zini bugun.

71. Yaxshiboev "SHaxtyor"dagi ilk vaziyatini yaratdi. Jasurni o'ng qanot vingeri sifatida ko'rish qiyin bo'lmoqda. Uning havolatib uzatgan pasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

69. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! 3:2 bo'lishiga sal qoldi. Baglayning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Gutor ushlab oldi. Juuuuda ham xavfli vaziyat yuzaga kelgandi.

68. "SHaxtyor"ning uzoq davom etgan hujumi Antich offsaydda qolgani sababli tugadi.

66. Lisakovich bekorga etakchi futbolchi emas ekan. Rostdan ham u maydonda juda katta yukni bo'yniga olmoqda. Fokusni unga qaratyapman, juda tez va mehnatkash futbolchi Lisakovich. Yaxshiboevdan tubdan farq qiladi uning uslubi.

63. ZARBAAAAA!!!! Sachivkoning jarimadan yo'llagan zarbasi Dovgyallo tomon bordi. Posbon to'pni mushtlari bilan urib yubordi.

61. Yaxshiboev o'ng qanotda vinger sifatida o'ynamoqda. Hozircha u o'zini bu poziciyada yaxshi his qilmayapti.

60. Naqadar g'alati harakatlar. Lisakovichning pasidan keyin Arxipov to'pni to'xtata olmadi. Aks holda u birga bir holatga chiqib ketardi.

58. Lisakovich Yaxshiboev tomon chiroyli pas bergandi. Biroq himoyachilar to'pni olib qo'yishni uddalashdi.

57. Yo'q. Poznyakning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

56. "Gorodeya" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

53. Antichning qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatgan to'pini SHestilovskiy qaytarib yubordi.

51. GOL! Bu safar "Gorodeya"dagi Arxipov gol muallifiga aylandi.

48. Kechirasizlar, O'zbekistonda internet tezligi yaxshi emas. SHu sababli matnli translyaciyada uzilishlar paydo bo'lmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Ivanovich o'rniga Yaxshiboev maydonga tushdi!

- Jamoalar maydonga qaytishdi.

- Jamoalar kiyinish xonasiga yo'l olishmoqda.

45+1. ZARBAAAAAAAA!!! SHibunning jarimadan yo'llagan zarbasini Gutor qiyinchilik bilan qaytardi va shu pallada taym yakunlandi.

44. Belarusdagi hakamlikdan ko'p nolidik. Hozir "SHaxtyor" futbolchisi yiqitilganidan keyin mezbonlar tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Bosh hakam esa xushtak chalib, o'yinni to'xtatdi.

42. Selyavaning zarbasini Dovgyallo ushlab oldi.

40. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! "Gorodeya" parchalanib ketdi. Lisakovich raqib jarima maydonchasida Yoksimovich hamda SHibunni "do'kon"ga jo'natib, Ivanovichga chiroyli pas berdi. Ivanovich esa osonlik bilan gol urdi. N-o-k-a-u-t!

38. GOOOOOOOOOOLLLLLL!! Lisakovichning pasidan keyin Arxipov o'ng oyog'i bilan kuchli zarbasi orqali darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. PUSHKA!

37. Baydukni qishloqcha qilib aytganda "ketmon" deb atasa ham bo'lar ekan. U raqiblarini "chopib" tashlayapti va qadamlari ham qanaqadir bo'so'naqay ko'rinmoqda.

36. "Gorodeya"ning hujumlari kamayib ketdi. SHunday paytda jamoa burchak zarbalaridan ham samara chiqara olmayapti.

34. "SHaxtyor"da burchak zarbasi. Bu qiziq! Muxlislar "Jasur" deb baqirishdi. SHarxlovchi ham bunga alohida etibor berdi.

31. "SHaxtyor" o'yinni yana markazga ko'chirdi.

29. Futbolchilar ko'zimga semiz bo'lib ko'rinyapti. Ayniqsa Antich... Huddi maydonda ozg'in futbolchi yo'qdek)

25. Lisakovichning yana bir zarbasi noaniq ketdi.

22. ZARBAAAAAAAA!!! Lisakovichning zarbasini posbon qaytardi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumda yana bir bor Lisakovich zarba berdi. Bu safar to'p raqibga tegib, maydonni tark etdi.

21. Jarimadan oshirib berilgan to'pga Antich kuchli va anchagina noaniq zarba yo'lladi. Bu zarba gol bo'lishi uchun regbi darvozasi kerak)

19. Lisakovichning pasidan keyin Szoke uzoq masofadan darvozaga zarba berdi. U eng yomon qarorni qabul qilganini zarbaning noaniqligidan tushunib olgandir)

17. Lisakovichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

16. Mixail SHibun "SHaxtyor" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va ikki futbolchini aldab o'tib, muvozanatni yo'qotdi va shu bilan birga to'p ham yo'qotildi. 

14. Aytgancha, BATE bugun o'z maydonida "Slaviya" bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. Ushbu turga qadar "SHaxtyor" va BATE hisobida bir xil ochko bor edi. SHu orqali soligorskliklar BATE bilan farqni 2 ochkogacha oshirishi mumkin.

13. "SHaxtyor" uslubini o'zgartirib, markazdan jarima maydoniga kirib borishni istamoqda.

11. CHap qanotdan uzatilgan to'pga Ivanovich noaniq zarba yo'lladi.

7. GOOOOOOOLLLL!! Antich chap oyog'ida kuchli zarba berib, hisobni ochdi!!!

4. Antich hujumga o'tmoqchi edi, lekin undan raqiblar to'pni olib qo'ydi.

- UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- Uchrashuv boshlanish arafasida.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика