So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  37 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  8

Belarus. "Energetik-BGU" bu gal yirik hisobda yutqazdi Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" bu gal yirik hisobda yutqazdi

Belarus chempionatining 6-turi doirasidagi "Neman" - "Energetik-BGU" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Neman – Energetik-BGU 3:0

«CSK Neman»

Gol: Kadimyan (66), Zabelin (72), Zabelin (82).

Neman – Dudar, Vasilev, Slabashevich (Leshko, 66), Stoykovich, Kantariya, Yakimov, Legchilin, Kadimyan, Zabelin, Yackevich (Marushich, 46), Rassadkin.

Energetik-BGU – Sadovskiy, Yudchic (Girs, 66), Sokol, SHkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboev, Tve, Musaxanyan, Atemeng (Umarov, 59).

Ogohlantirish: Musaxanyan (22), Tve (29), Slabashevich (35), Atemeng (54).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Bosh hakam mezbonlarning burchak zarbasiga imkon ham bermadi. "Energetik-BGU" ketma-ket uchinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi.

2 daqiqa qo'shib berildi.

90. Umarov chap qanotdan ajoyib tarzda to'pni havolatib markazga oshirdi. Ammo nega qulay nuqtada  Mavatu zarba bermaganini tushunish qiyin.

88. CHap qanotdan uzatilgan to'pga Yaxshiboev boshi bilan zarba bera olmadi. To'p uning boshi tepasidan o'tib ketdi. Jasur sakragani ham yo'q.

86. To'rtinchi gol ham kiritilgandi. Bosh bilan berilgan zarbadan keyin Sadovskiy to'pni qaytardi, to'p darvoza ustuniga tegib, chiziqqa bordi. Stoykovich esa bo'sh qolgan darvozaga to'pni kiritgandi. Ammo u offsaydda qolib ketgandi.

85. Zabelinning zarbasi rikoshet orqali darvozaning ustiga borib tushdi.

82. GOL! Zabelin qanotdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.

81. "Energetik-BGU"ning o'yini ham kayfiyati ham tushib ketdi. Futbolchilar to'pni ushlab tura olishmayapti.

78. Kantariyaning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

75. ZARBAAAAAA!!!! EXXXXX!!!! Umarov chap qanotda katta masofani bosib o'tdi va to'pni markazga Yaxshiboevga uzatdi. Ilk zarbani himoyachi qaytardi. Ikkinchi zarbasi esa darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

74. Yomg'ir yog'moqda. Ha, bahor oyida nimalar bo'lmaydi deysiz.

72. GOL! Zabelin gol urdi. Qanotdan uzatilgan to'pga chiqishda darvozabon xatolikka yo'l qo'ydi. Zabelin bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi, 0:2! Aniqrog'i 2:0!

70. ZARBAAAAAAAAAAA!! Zabelin jarimadan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba yo'lladi. Bir qaraganda to'pga hech kim eta olmaydigandek edi. Ammo darvozabon Sadovskiydan super seyv ko'rdik. O'yin juda zo'r kechmoqda.

66. GOL! Kadimyan birga bir vaziyatda to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ydi. "Energetik-BGU" mudofaasi pand berdi.

65. UXXXXXXXXX!!!!!! Rassadkin BGU posboni bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi, 100 foizlik vaziyat edi bu. Yudchic esa to'pni qaytarib yubordi. Himoyachidan super qutqaruvchilik.

63. Umarov to'pni egallab olib, yugurib ketayotgandi, uni yiqitishdi. Yaxshiboev to'pni egallab oldi va sekin zarba berdi. Darvozabon ushlab oldi.

61. Tve chap qanotdan o'tkir burchakdan to'pni markazga uzatgandi, ammo himoyachilar havfni bartaraf etishdi.

60. Atemeng o'rniga Umarov o'yinga qo'shildi.

58. Vasilevning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Sadovskiy ushlab oldi.

56. Maydonga tushishga SHaxboz Umarov tayyorlanmoqda.

53. ZARBAAAAAAA!!! Yaxshiboev ajoyib zarba yo'lladi!To'p darvozaga kirib ketayotgandi, darvozabongacha to'pni himoyachi boshi bilan qaytarib yubordi. Ajoyib zarba bo'lgandi!

52. Ajoyib vaziyat! "Energetik-BGU" darvozaning to'g'risidan, taxminan 25 metrlardan jarima zarbasini amalga oshiradi.

49. Yaxshiboevning pasidan keyin Atemeng boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'limga 1 daqiqa ham vaqt qo'shilmadi.

45. Atemengning qanotdan darvoza yoniga uzatgan pasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

42. Yaxshiboev to'p bilan harakatlanib, raqib darvozasi yonigacha keldi. Stoykovich esa podkati orqali to'pni burchakka chiqarib yubordi.

39. ZARBAAAAAAAA!!!! CHap qanotdan uzatilgan ajoyib pasdan keyin Kadimyan taxminan 5-6 metrlardan boshi bilan noaniq zarba yo'lladi. Ajoyib va golga tortadigan vaziyat edi.

37. Jasur Yaxshiboev taxminan 35 metrlardan jarima zarbasidan darvozaga zarba yo'lladi. Darvozaning ustiga 2-3ta darvoza qo'ysa ham tepadan o'tib ketardi to'p.

34. Zarbaaaaaa!!! Nosko markazda to'pni qabul qilib olib, ikki raqibini aldab o'tib, zarba yo'lladi. To'p darvoza to'rining tashqi tomoniga borib tegdi.

31. "Energetik-BGU" juda ko'p paslar orqali "Neman" jarima maydonchasiga kirib keldi. Yudchic esa to'pni raqiblari darvozasiga topshirib qo'ydi.

28. "Neman"da yana bir vaziyat. Havolatib uzatilgan to'pna Zabelin boshi bilan zarba yo'lladi. Noaniq, shu bilan birga offsayd ham qayd etildi.

25. "Neman" hujumga o'tdi, jamoa futbolchisi raqiblari jarima maydonchasi ichida yiqildi, hakam bunga qaramadi, keyinchalik "Neman"ning boshqa futbolchisi raqibini yiqitgani uchun fol belgilandi.

23. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Zabelindan ajoyib zarba, Sadovskiydan super seyv! Biroq bu pallada hujumchi qoidani buzgani uchun xushtak chalindi.

20. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA!!!! Yaxshiboev bir raqibini 3 marta aldab o'tdi va xavolatib to'pni Noskoga oshirdi. Noskoning boshi bilan bergan zarbasini darvozabon chiziq ustida qaytardi. Golga tortadigan ikkinchi vaziyat ham BGU tomonidan amalga oshirildi.

18. Noskoning zarbasi noaniq ketdi.

16. ZARBAAAAAAAAAAAA!!!! Yaxshiboevning harakatlaridan keyin Nosko to'pni qabul qilib oldi va o'tkir burchakdan raqiblari postiga zarba yo'lladi. To'p ustunga tegdi. Qaytgan to'pni Mavatu qabul qilib oldi va u ham zarba yo'lladi. Noaniq. Golga tortadigan ilk vaziyat bo'ldi.

15. "Energetik-BGU" hujumga o'tmoqchi edi, biroq Mavatuning pasi kuchli va noaniq bo'ldi.

13. "Neman" kichik bosim uyushtirdi. Burchakdan uzatilgan zarbani himoyachilar qaytarib yuborishdi.

11. "Energetik-BGU" juda faol o'ynamoqda. Mavatuning ajoyib uzatmasidan keyin Nosko to'pni qabul qila olmadi. Etmaganiga qoidani ham buzdi.

9. O'tgan 2 o'yindagi mag'lubiyatdan keyin "Energetik" bosh murabbiyi 3 nafar markaziy himoyachini o'yinga tashlagan. Ko'ramiz, bu qanchalik foyda berarkin.

8. Yo'q, u juda noqulay bo'lsa-da, zarba yo'lladi. Anchagina noaniq.

7. Mezbonlar sardori Aleksey Lyagchinin o'z jarima maydonchasi yonida Atemengni yiqitdi. To'p yonida Jasurbek Yaxshiboev. U to'pni uzatishga tayyorlanmoqda. 

5. Kadimyanning zarbasini Sadovskiy ushlab oldi.

4. Noskoning zarbasini "Neman" posboni ushlab oldi.

2. Uxxx!! "Energetik" doimgidek o'yinni yaxshi boshladi. Uzoq masofaga uzatilgan to'pni raqib darvozaboni o'z joyini tashlab chiqqan holda boshi bilan qaytarib yubordi. Biroq bo'sh qolgan darvozaga BGUning birorta futbolchisi zarba yo'llay olmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика