So’nggi yangiliklar

21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  0 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  4 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  4 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  1 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  3 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  7 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  8 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5

Belarus. "Energetik-BGU" yirik hisobda g'alabaga erishdi, Umarovdan gol+pas Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" yirik hisobda g'alabaga erishdi, Umarovdan gol+pas

Belarus chempionatining 22-turi doirasidagi "Energetik-BGU" hamda "Smolovechi" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib bordingiz.

"Energetik-BGU" - "Smolovechi" 4:1

Gol: Umarov (22), Bakich (32), Musaxanyan (53), Makarov (78), Bakich (89).

Energetik-BGU – Makavchik, Mavatu (Girs, 77), Yudchic, Sokol, Svirepa, Bakich (Atemeng, 89), Nosko, Sovpel, Umarov, Miroshnikov, Musaxanyan (Muxamedov, 76).

Smolevichi – Lazovskiy, Alibekov (Gurban, 77), Xalimonchik, Rashhenya, Rodionov (Xankevich, 46), SHHegrikovich, Makarov, Djigero (Aleksandrovich, 66), Demchenko, Jevnerov, Lojkin.

Ogohlantirish: Lojkin (68), Jevnerov (72).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Umarovdan gol+pas! Nihoyat, "Energetik-BGU"da g'alaba! Ajoyib o'yin uchun BGU futbolchilariga minnatdorlik bildiramiz.

90+1. To'p darvozabonning qo'lidan chiqib ketgandi. Atemeng esa gol urishga biroz kechikdi.

89. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! BAKIIIICHCHCHCHCHCH!!! Markazdan darvozani ishg'ol qilib qo'ydi!

87. To'p bilan bo'lishda BGU raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmayapti. "Energetik-BGU" kutganimdek bugun yutishi kerak edi va buni uddalamoqda.

84. ZARBAAAAAAAA!! Gol ura olmaslik qiyin bo'lgan vaziyat. Yudchic qanotdan markazga Girs tomon to'pni oshirdi. Girs 3 metrdan aniq zarba yo'llay olmadi.

82. Xankevichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

78. GOL! Himoyachilarning qo'pol xatolaridan keyin Makarov hisobni qisqartirdi.

75. Ajoyib vaziyat!! Mavatu katta masofani bosib o'tib, bir himoyachi taqibi ostida darvoza tomon juda noaniq zarba yo'lladi. Bu pallada Umarov ham to'g'ri ochila bilmadi.

69. Umarov o'zidan regbichi yasab oldi. Albatta xazil. SHunchaki uning zarbasi anchagina yuqoridan o'tib ketdi.

68. BGUda jarima zarbasi. To'p oldida Umarov.

67. BGU qarshi hujumga tezkorlik bilan o'tib ketdi. Mavatu esa voqealar rivojidan oldinlab ketdi va offsayd qayd etildi.

62. BAKIIICHCHCHCH!! Bir raqibini ortda qoldirib, darvoza tomon chiroyli, burama zarba yo'lladi. To'p to'rning tashqi tomoniga tegdi!

59. ZARBAAAAAAAA!! Umarovning kuchli zarbasini Lazovski ushlab oldi.

53. GOOOOOOOOOLLLLLL!! Umarovning zarbasi ustunga tegib, darvoza chizig'i yonida turib qoldi va Musaxanyan osonlik bilan gol urdi! SHahbozga gol ham assist ham yozilmaydi

49. Umarovning burchakdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

46.  Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Taymga hech qanday vaqt qo'shilmadi.

45. "Smolovechi" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Standartdan oshirilgan to'pni baland bo'yli Bakich qaytara olmadi va to'p raqibining boshiga tegib, maydondan tashqariga chiqib ketdi.

42. ZARBAAAAAAAA!! Musaxanyan hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'yishi mumkin edi. Uning zarbasi darvozabondan o'tib ketdi va himoyachi Jigero yana bir seyv namoyish qildi!

41. "Smolovechi" hujumga o'tgandi. Rashshanya offsaydda qolib ketdi va to'p BGUga olib berildi.

40. Tashabbus to'liqligicha BGU tomonida. Lekin goldan keyin birorta vaziyat yaratilmadi.

32. GOOOOOOOOOLLL!! Umarovning qanotdan oshirgan to'pini Bakich darvozaga yo'lladi! Kommentdagi murojaatni SHaxboz eshitdi va gol+pasni amalga oshirdi!



29. ZARBAAAAAAAAA!! Qanotdan oshirilgan to'pga Mavatu kuchli zarba bergandi. To'p darvozabondan o'tib ketdi. Jigero esa darvoza chizig'idan to'pni qaytardi. UXXXXX!!

28. Mavatuning qanotdan oshirgan to'pini Lazovskiy ushlab oldi.

25. SHarhlovchining yana bir gapiga qo'shilamiz. Yaxshiboev va Umarov o'zbek futbolida o'z o'rniga ega emasdi. Belarusda esa ular rostdan ham etakchilik qobiliyatini namoyish qilishmoqda.

22. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Umarov to'pni egallab olib, chap oyog'ida kuchli zarba yo'llab, darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi!!!



19. ZARBAAAAA!! Raqib xatosidan keyin Bakich raqib posti tomon kuchli zarba yo'lladi. Lazoskiydan seyv!

14. BGU ham hujumga o'tdi. Hozircha jamoa etiborni pressingga qaratmoqda.

10. Darvoza tomon ilk zarba. Jigero qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va darvoza tomon kuchsiz zarba yo'lladi. Makavchik to'pni ushlab oldi.

7. Hozircha autsayder bo'lishiga qaramasdan "Smolovechi" ham bo'sh kelmayapti.

4. Uchrashuv sharhlovchisi Yaxshiboev ketganidan keyin jamoaning etakchisi sifatida Umarov bo'lib turganini takidlab o'tdi. Yomon emas.

2. Ilk daqiqadanoq xavfli nuqtadan "Smolovechi" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Lekin Rashshanyaning zarbasi noaniq ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! Nihoyat, "Smolovechi"ning ham tarkibini bilib oldik.

- Demak, stadionda Belarus davlati madhiyasi yangrab o'tdi.

- Hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni "Molodechno" stadioniga qaratamiz. Bugun ushbu stadionda "Energetik-BGU" jamoasi "Smolovechi"ni mehmon qiladi. "Smolovechi" turnir jadvalida so'nggi o'rinda borayotganini inobatga olsak, bugun "Energetik-BGU"ning uchrashuvda g'alaba qozonish ehtimoli yuqori. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi. Aytgancha, hozircha "Smolovechi" jamoasining tarkibini topa olganimizcha yo'q. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика