So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Belarus. "Energetik-BGU" - "Slaviya" 5:0. Yaxshiboevdan 2 gol+2 pas Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" - "Slaviya" 5:0. Yaxshiboevdan 2 gol+2 pas

Belarus chempionatining 15-turi doirasidagi "Energetik-BGU" - "Slaviya" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Energetik-BGU" - "Slaviya Mozir" 5:0

Gol: Yaxshiboev (4), Tve (48), Yaxshiboev (59), Sovpel (70), Sovpel (90).

"Energetik-BGU": Sadovskiy - Svirepa, Miroshnikov, Yudchic (Girs, 57), Mavatu - Yaxshiboev, Umarov (Sovpel, 52), Tve (Musaxanyan, 86), Nosko, Bakich - SHkurdyuk.
Zaxira: SHorac, Atemeng, Sovpel, Lesko, Dias.

"Slaviya Mozir": Romanyuk - SHevchenko (Anufriev, 62), Tymonyuk, Malkevich (Tettex, 56), Raevskiy - Nedashkovskiy, Kostrov, Pantya, Narx (Slyusar, 38), Juk - Melnikov.
Zaxira: Kovalevskiy, Ivanenko, Vasilevich, Kotlyarov, Potapov, Senko.

Ogohlantirish: Kostrov (24), Yaxshiboev (39).

CHetlatish: Bakich (26)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Diskvalifikaciyadan oldin Yaxshiboev dubl va 2 assist qayd etdi!

1 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOOOOOOLLLL!!! Yaxshiboevning pasidan keyin Sovpel dublini rasmiylashtirmoqda. Jasurdan assistentlikda dubl!

89. Nedashkovskiyning jarimadan uzatgan to'pini Girs qaytarib yubordi.

86. Ikki tomon ham o'yinning tezroq tugashini istashmoqda.

84. UXXXXX!!! "Slaviya" so'nggi daqiqalarda xavfli hujumlar tashkil qilmoqda. Slyusarning uzatgan to'pini Tettex darvozaga aniq yo'llay bilmadi.

82. Tribunani nishonga olishda Melnikovga teng keladigani bo'lmayapti. U bugunning o'zida 2 yoki 3 marta to'pni tribuna tomon tepdi. Aslida u darvoza tomon zarba yo'llamoqchi edi.

80. Xavfli vaziyat bo'lgandi. Biroq yaqin masofadan Anufriev boshi bilan noaniq zarba berdi.

78. Burchakdan uzatilgan to'pga Nedashkovskiy boshi bilan zarba yo'lladi. To'pni Sadovskiy ushlab oldi.

75. Hakamdan ahmoqona qaror! Nosko to'p bilan ketayotgan joyida fol belgilandi. Nosko qanday qilib fol ishlatganini tushunmadik.

70. GOOOOOLLLLLL!!! Sovpel birga bir vaziyatdan unumli foydalandi!!

68. Futbolchilarga suv ichib olish uchun bir daqiqa vaqt berildi.

66. YO'Q! Aytish yoddan ko'tarilibdi. Navbatdagi turda BGU BATEga qarshi o'ynaydi. Diskvalifikaciya sababli uchrashuvda Jasur Yaxshiboev qatnasha olmaydi.

63. ZARBAAAAAAAA!! Girsning zarbasi noaniq ketdi!! BGUning bir kishi kam bo'lib o'ynayotganiga ishonib bo'lmaydi.

59. GOOOOOOOOOLLLL!!! Jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olgan Yaxshiboev ikki raqibini "xot-dog"ga jo'natdi va osongina gol urdi! Dubl!

53. ZARBAAAAAAAAA!!! Romanyukdan super seyv! Yaxshiboev bir raqibini aldab o'tib, darvoza tomon zarba yo'lladi. Yuriy Romanyuk qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. BGUning o'yini ochilib ketdi. "Slaviya" himoyasi esa parchalandi.

52. BGU bosh murabbiyi kutilmagan o'zgarishga qo'l urdi. Bahsning faol futbolchilaridan biri Umarov o'z o'rnini Sovpelga bo'shatib berdi.

51. Mavatuning uzatgan to'piga Yudchic boshi bilan zarba yo'lladi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

48. Ikkinchi bo'lim ham ajoyib tarzda boshlandi. Yaxshiboev o'zining sovuqqonligi bilan raqibidan to'pni olib qo'ydi va to'pni Tve tomon oshirdi. Franciyalik futbolchi esa to'pni to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi! 2:0!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Birinchi bo'lim so'ngida mezbonlar oldinga o'tishga harakat qilishmoqda.

2-bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Umarovning sog'lig'ida muammolar borga o'xshaydi. U yana bir bor maydonda yotibdi.

42. "Energetik-BGU"ning har bir standart vaziyati xavfli vaziyat bilan yakunlanmoqda. Umarovning uzatgan to'pini bu safar himoyachilar qiyinchilik bilan qaytarishdi.

41. ZARBAAAAAAAA!! Slyusarning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Sadovskiy qaytardi. Bu super seyv!

Uchrashuvda kiritilgan golni tomosha qiling:

39. Yaxshiboev ogohlantirildi.

38. Kutilmaganda uchrashuvda faol o'ynayotgan Frensis Narx o'z o'rnini Slyusarga bo'shatib berdi.

36. Umarovning zarbasi noaniq ketdi.

35. VAY! Umarovning ajoyib pasini Yaxshiboev yaxshi to'xtata olmadi. Aks holda u raqiblari posboni bilan birga bir holatga chiqib borardi.

32. ZARBAAAAAAA!!! Yaxshiboevning jarimadan uzatgan to'pini yana bir bor Nosko darvozaga yo'llay olmadi.

31. UXXXX!!! Mehmonlarning burchak zarbalari juda xavfli ko'rinish olmoqda. Bu safar Narxning kornerdan oshirgan to'pi 2 marta BGU darvozasi tomon yo'llandi. Avvaliga himoyachilar, keyinchalik darvozabon to'pni qaytardi.

29. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA!! Mavatuning havolatib uzatgan pasidan keyin Yaxshiboev to'pni boshi bilan raqiblari posti tomon yo'lladi. Darvozabondan yana bir seyv!

26. Ana xolos! Raqibiga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun Bakichga qizil kartochka ko'rsatildi.

24. Uchrashuvdagi ilk sariq kartochka Kostrovga ko'rsatildi.

21. ZARBAAAAAAAAA!!! SHaxboz Umarov kutilmaganda 30 metrlardan jarima to'pini to'g'ri darvoza tomon tepdi. Romanyukdan chiroyli seyv!

19. ZARBAAAAAAAAA!!!! Narxning zarbasidan keyin to'p Sadovskiy darvozasi to'sinini titratdi.

17. ZARBAAAAAAAAA!!!! Yaxshiboevning burchakdan uzatgan to'pi Noskoning boshiga bordi. Jamoa sardorining zarbasi noaniq ketdi.

16. Ajoyib vaziyat! Umarov o'z qanotida bir raqibini aldab o'tib, to'pni darvoza yoniga uzatgandi. Himoyachilar to'pni burchakka chiqarib yuborishdi.

14. UXXXXX!!! Jarimadan uzatilgan to'pga Frensis Narx boshi bilan xavfli zarba yo'lladi. Biroz noaniq ketdi.

12. SHaxboz Umarovga tibbiy yordam ko'rsatildi. U o'yinni davom ettirishga tayyor.

10. "Popytka - nepytka"deganlaridek Igor Kostrovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Sadosvskiy osonlik bilan ushlab oldi. 

9. Yuriy Pantya chap oyog'ida to'pni BGU darvozasi yoniga uzatgandi. Ammo u erda biror jamoadoshi yo'q edi.

7. O'yin yana markazga ko'chdi. 

4. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!! Raqiblari xatosidan keyin Yaxshiboev to'pni egallab olib, darvozabonni aldab o'tib, bir himoyachi qo'riqlagan darvozani osongina ishg'ol qildi. Bu pallada mehmonlar sardori qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

4. Evgeniy Yudchicning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Romanyuk ushlab oldi.

2. Ilk daqiqalarda o'yin BGU darvozasi yonida o'tmoqda. Burchakdan uzatilgan to'pni mehmonlar darvozaga yo'llay olishmadi. 

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Madxiyalar yangradi, jamoalar tomonlarini tanlab olishdi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика