So’nggi yangiliklar

13:59"Бунёдкор"га легионерлар оқими давом этмоқда. Клуб черногориялик футболчи билан шартнома имзолади  0 13:24Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги саралаш баҳсларида ишлайди  0 12:52Расман: Жоэль Кожо - "Истиқлол" футболчиси  3 12:35"Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  17 12:14"Манчестер Юнайтед" скаути: "Унда "Юнайтед" ДНКси бор, афсуски бизникилар буни кўра олишмади"  15 11:56Испаниялик мутахассис "Қизилқум"да ишлайди  2 10:53Ҳусанов «Ланс» рекордини такрорлайди  15 10:26«Нефтчи»га ўтган Искандеров нималар деди?  12 09:57Бразилиялик ярим ҳимоячи "Пахтакор" йиғинига қўшилади  11 09:30Ҳусанов осиёликлар ичида АПЛ рекордини янгилайди  30 09:09«Андижон» янги мавсумда қайси стадионда ўйнаши маълум  6 08:40Ҳусанов қачон «Манчестер Сити» сафида тиббий кўрикдан ўтиши маълум  33 08:15«Ланс» мураббийи Ҳусановни кейинги ўйинда ўйнатишга умид қилмоқда  14 07:51«Манчестер Сити» яна бир ёш марказий ҳимоячисига расмий таклиф юборди  4 02:44Бундеслига. "Байер" "Боруссия"ни "Сигнал Идуна Парк"да мағлуб қилди  2

Belarus. "Energetik-BGU" peshqadamga aylangan 11-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi? Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" peshqadamga aylangan 11-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi?

Terma jamoalar o'yinlari sababli yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan so'ng, yana Belarus oliy ligasi bahslari qaytdi va darhol etakchi almashdi.

Mavsum boshlanganidan buyon birinchi pog'onani hech kimga bermay, shu turgacha mag'lubiyatsiz etib kelgan Borisovning BATE klubi 0:1 hisobida "Isloch"ga mag'lub bo'ldi va ikkinchi o'ringa tushib qoldi.

Tarixiy voqea — "bo'rilar" kamdan-kam hollarda borisovliklar ustidan g'alaba qozonishgan. Bu ish hamon Aleksandr Mixaylov bilan til topishib ketolmagan BATE xavbeki SHahboz Umarovning ishtirokisiz amalga oshdi. Lekin bu narsaga mart oyidan beri hamma o'rganib ham bo'ldi.

Birinchi pog'onaga 4ta o'zbek futbolchisi to'p tepadigan "Energetik-BGU" jamoasi chiqib oldi. "Belshina" ustidan qozonilgan minimal hisobdagi g'alabaga qiyinchilik bilan erishildi.

O'zingiz baho bering. Bobruyskliklar ko'proq zarba berishdi (13 — 9), darvozaga to'pni aniqroq yo'llashdi (3 — 1), burchak zarbasida ham ustunlik qilishdi (8 — 1), ko'proq hujum uyushtirishdi (52 — 41) va ko'proq golli vaziyatlar yaratishdi. "Qizil-qoralar"ning xG ko'rsatkichi — 1,59. Bu borada "talabalar" natijasi 0,93ni tashkil qildi. Qo'shimchasiga, Anatoliy Yurevich jamoasining hech bir imkoniyati 0,26dan oshmadi. Hattoki, gol ham pastroq "baholandi".




Uchrashuvdagi yagona aniq zarba minskliklarga g'alaba keltirdi. Voqea 90+4-daqiqada sodir bo'ldi: xavbek SHoxruhbek Abdurahmonov o'ng qanotdan oldinga o'tdi va Bobir Abdixoliqovga to'pni uzatdi, hujumchi esa bosh bilan aqlli zarba yo'lladi. Bu to'purarning chempionatdagi 12-goli. U raqiblaridan 7 to'p farqi bilan oldinda va to'xtash niyati ham yo'qdek.

Umuman olganda, Abdixoliqovning (butun jamoa kabi) o'yini u qadar yorqin bo'lmadi. Forvard darvoza tomon bir martagina zarba yo'lladi (bu "Belshina" futbolchilari yaxshi himoyalanganidan dalolat beradi), fint qilishga urinib ko'rdi (muvaffaqiyatsiz), yakkakurashlarning 17tadan 4tasida ustun keldi va 12 bor to'pni oldirib qo'ydi.

SHoxruhbek Abdurahmonov ham sherigi kabi o'yinni to'liq o'tkazdi va golli pasdan tashqari, 22ta aniq uzatma berdi. Jamoada undan yaxshiroq natijaga faqatgina tayanch yarim himoyachi Daniil Silinskiy erishdi — 24. To'g'ri, uzatmalar aniqligi bo'yicha ustunlik Abdurahmonov tomonida: 4ta keskinlashtiruvchi, 5tasi maydonning uchinchi qismiga, 2tasi sherigi zarba berishi uchun (jamoada eng ko'pi) va bitta eng muhimi — golga sabab bo'lgan pas.




Agar Abdurahmonov va Abdixoliqov gol sababchilari bo'lishsa, markaziy himoyachi Abduqodir Husanov jamoa "quruq" o'yin o'tkazishi uchun ancha ter to'kdi. Himoyachi mudofaadagi yakkakurashlarning hammasida ustun keldi (4tadan 4ta), havodagi kurashlarning 78 foizida qo'li baland keldi, bir zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi, 6 marta to'pni raqibdan olib qo'ydi va 21 (!) marotaba to'pni jamoasiga qaytarib berdi. O'yin juda qiyin kechdi, murabbiylar shtabi Abbosbek Jumaqulovni maydonga tushirishni maqul ko'rmadi. Yarim himoyachi kelasi kundagi o'rinbosarlar uchrashuvida ham o'ynamadi.

Bahsdan so'ng "talabalar" ustozi Pavel Rodnenok bu uchrashuv futbol emas, xuddi kurashdek o'tgani va uning jamoasi biroz yaxshiroq harakatlanganini takidlab o'tdi. "Belshina" murabbiyi Albert Ribak esa uning shogirdlari mag'lubiyatga loyiq emasligi va bahs durang bilan yakunlanganida, adolatli bo'lar edi, deya so'ziga yakun yasadi.





"Talabalar" keyingi o'yinni uyida 27 iyun kuni o'tkazadi. Minsk shahridagi "Olimpiyskiy" SSKga chempionat autsayderi "Dnepr" tashrif buyuradi. Ha, "Energetik-BGU" ochko jamg'arib olishi uchun ajoyib imkoniyat. Eslatib o'tamiz, ayni damda klub hisobida 25 ochko bor. Jamoa oliy ligada faqatgina uch mavsum yaxshiroq natija qayd etgan: 2004 yil — 29 ochko, 2019 yil — 33 ochko, 2020 yil — 39 ochko.




Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика