So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:1 (онлайн ҳисоб)  8 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Belarus. "Energetik-BGU" ketma-ket ikkinchi o'yinda durang o'ynadi Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" ketma-ket ikkinchi o'yinda durang o'ynadi

Belarus chempionatining 21-turi doirasidagi "Energetik-BGU" - "Neman" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring

Energetik-BGU – Neman 1:1

"Gorodskoy stadion"

Gol: Svirepa (12), Jukovskiy (46).

Energetik-BGU – Makavchik, Svirepa, Yudchic, Sokol, Osnov (Mavatu, 28), Bakich, Nosko, Bashilov, Umarov, Miroshnikov, Musaxanyan (Sovpel, 46).

Neman –  Dudar, Slabashevich, Vasilev, Kantariya, Kadimyan (Yackevich, 75), Yakimov, Jukovskiy (Rassadkin, 61), Yablonskiy, Zabelin, Po (Ivanov, 83), Marushich.

Ogohlantirish: Musaxanyan (20), Sovpel (66), Bashilov (87).




YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. BGU ketma ket ikkinchi o'yinda ham durang o'ynamoqda.

90+2. ZARBAAAAA!! Bu safar 100 foizlik vaziyat edi. Marushichning zarbasini Miroshnikov qaytardi!

90+1. ZARBAAAAA!! Marushich bu safar qulay nuqtadan ham noaniq zarba yo'lladi.

3 daqiqa qo'shib berildi.

90. UXXXXXX! Mavatu bir raqibini aldab, zarba uchun qulay nuqtaga chiqib borib, zarba bermadi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

88. ZARBAAAAAA! Marushichning zarbasi biroz noaniq ketdi.

86. 3 daqiqa oldin seyv qilgan Makavchik gol olib kelib qo'yishiga sal qoldi. U to'pni mushtlari bilan urib yuborishda xatolikka yo'l qo'ydi. Yaxshiki, to'p uning o'ziga kelib tushdi.

83. MAKAVCHIIIKKKK!!! Juda ham xavfli zarbani o'ng oyog'i bilan qaytardi. Keyingi ikki zarba gol bo'lishiga BGU himoyachilari yo'l qo'yishmadi.

80. Mavatuning qanotdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. Ikkinchi tempda jamoaning hujumi davom etdi. Bu safar Mavatu offsaydda qolib ketgandi.

77. UXXXXXXX!! Bakich tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi va Umarovga to'pni oshirdi. Kantariya to'pni burchakka chiqarib yubordi. 

75. UXXXX!! Po burchakdan oshirgan to'pni Makavchik biroz xavfli ravishda urib yubordi. Bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qiladigan topilmadi.

72. Kadimyanning qanotdan oshirgan to'pini Nosko qaytarib yubordi.

70. 20 daqiqa qoldi, jamoalar charchab qolgandek.

67. O'yin asosan markazda kechmoqda.

63. Bakich to'pni qo'li bilan o'ynab yuborgani sababli fol belgilandi.

60. Umarov tomon markazdan uzatilgan to'pni Dudar ushlab oldi.

57. Po BGU jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgandi. Nosko to'pni kuch bilan tepgandi, to'p Poga tegib, maydonni tark etdi.

55. Kovalevich BGU darvozasi tomon aylantirma zarba yo'lladi. Darvozabon bunga chalg'ib, maydondan tashqariga chiqib ketayotgan to'pni qaytarib yubordi.

52. ZARBAAAAAAAA!! Makavchik darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarib qoldi. Uxxxx!!

51. Nozik vaziyat yuzaga keldi. Sovpel raqib jarima maydonchasi ichida ikki raqibini aldab o'tdi, Kantariya esa podkat bilan to'pni olib qo'ydi. Agar u sal adashganida penalti berilardi.

49. UXXXXX!! Bakichning qanotdan uzatgan to'pi darvozaga kirib ketishi mumkin edi. Dudar to'pni qaytardi. Burchakdan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi. 

46. GOL! Jukovskiy hisobni qisqartirdi. BGU himoyasidagi muammolar yaqqol ko'zga tashlana boshlandi.



46. Demak, ikkinchi bo'limga start berildi!

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. UXXXX!! Marushich BGU darvozaboni bilan birga bir holatga chiqib borayogtandi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBAAAAAA!! SHaxboz Umarovning bu safargi xavfli zarbasini posbon qiyinchilik bilan qaytardi.

40. UXXXX!! Svirepa o'z jarima maydonasi yonida to'pni oldirib qo'ydi va keyinchalik yana qaytarib oldi.

39. Yablonskiyning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

36. Umarovning jarimadan yo'llagan zarbasi bu safar darvozabonning qo'llariga borib tushdi. 

34. ZARBAAAAAAA!! Umarovning zarbasini  Dudar ushlab oldi.

32. UXXXX!! Yudchic o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynagandek ko'rindi.

30. Umarov jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

27. ZARBAAAAAA!! Zabelinning boshi bilan yo'llagan zarbasini Makavchik ushlab oldi.

25. Umarovning qanotdan oshirgan to'pini Dudar ushlab oldi.

22. Nosko raqibidan to'pni olib qo'yib, hujumga o'tib ketayotgandi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

17. Noskoning pasidan keyin Svirepa offsaydda qolib ketgandi va to'p raqiblarga olib berildi.

12. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Umarovning burchakdan oshirgan to'pini Svirepa boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.



10. Deyarli shunga o'xshash vaziyatda Umarov qoida buzgan bo'lib chiqdi.

8. Umarov raqibini aldab o'tgan vaqtida boshqa raqibi uni ushlab qolib yiqitdi, bosh hakam xushtagini chalmadi.

6. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Vasilev to'pni boshi bilan o'z darvozaboniga oshirib berdi. Umarov to'pga ulgurmay qoldi.

4. Uzun pas Umarovga mo'ljallangandi. Biroq SHaxboz offsaydda qolib ketgandi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Etiboringizni "Energetik-BGU" - "Neman" uchrashuviga qaratamiz. Sizlar bilan uchrashuvni Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика