So’nggi yangiliklar

15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  7 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  12 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  4 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" qatorasiga 2-o'yinda gol ura olmay, mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" qatorasiga 2-o'yinda gol ura olmay, mag'lubiyatga uchradi

Belarus chempionatining 5-turi doirasida "Energetik-BGU" - "Gorodeya" qabul qilib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.

Energetik-BGU – Gorodeya 0:1

«RCOR-BGU»

Gol: 0:1 – 35 Sorokin.

Energetik-BGU – Sadovskiy, Yudchic, Sokol, SHkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboev (Umarov, 46), Tve, Musaxanyan (Sovpel, 60), Atemeng (Bakich, 46).

Gorodeya – Dovgyallo, Pavlyuchek, Usenya, SHestilovskiy, Poznyak, Yoksimovich, Sazonovich, Sorokin, Yaskovich, Saichich, Arxipov (Bayduk, 63).

Ogohlantirishlar: Yaxshiboev (40).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Hakam bahsga 3 daqiqa qo'shib berdi

83. SHahbozning jarima maydoni yaqinidan bergan zarbasi yo'liga raqib himoyachisi to'g'onoq bo'ldi

79. Zaxiradan tushgan Umarov ancha faol harakat qilmoqda

78. "Energetik-BGU" darvozaboni chiroyli seyv ko'rsatdi, Sadovskiy raqib futbolchisining zarbasini qaytardi

75. Jamoalar pala-partish hujumlar tashkil etishmoqda, aniq zarba yo'q

70. SHahboz Umarov qanotdan hujumga o'tishga harakat qildi, ammo to'pni raqiblarga oldirdi

61. Maydon egalari hisobni tenglashtirishga harakat qilmoqda

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Taym boshidan o'zgarish. Yaxshiboev o'rnini Umarov egalladi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlandi.

45+1. Yo'q, Yaxshiboevdan barcha to'p uzatilishini kutgandi. Ammo uning zarbasi noaniq ketdi. Aslida nuqta zarba yo'llashga ham qulay bo'lmagandi.

45. Taym yakunida Yaxshiboevga qarshi fol ishlatildi. Jarima zarbasi! Gol urish uchun qulay imkoniyat.

43. Atemengning zarbasi noaniq ketdi.

42. NIMA!!! "Gorodeya" himoyachisi Yaxshiboevning kiyimlaridan tortib, uning to'pga tegishiga halaqit berdi. Ammo bosh hakam penalti bermadi.

40. Yaxshiboev raqiblarini aldamoqchi edi. Ammo to'pni oldirib qo'ydi. Keyinchalik raqibining ortidan oyog'iga tepgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.

39. Yaxshiboevning pasidan keyin Yudchic raqiblari darvozasi tomon zarba yo'lladi. Biroz noaniq.

36. GOL! Uchrashuvda hisob ochildi. "Gorodeya" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Saychichning chap qanotdan uzatib bergan zargarona pasidan keyin Sorokin to'pni erga tushirmasdan zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi, 0:1!

33. CHap qanotda Nosko va Yaxshiboev o'zaro kombinaciya orqali to'pni darvoza tomon uzatdi. Darvozabon esa ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi.

30. Nosko markazdan to'pni xavolatib, raqib jarima maydonchasiga oshirdi. Atemenge esa xavoda to'p uchun darvozabonga qarshi kurashgani uchun qoida buzildi.

28. Yaxshiboevning pasidan keyin Tve 20 metrlardan "Gorodeya" darvozasi tomon zarba yo'lladi. Ammo zarba noaniq.

27. Sokol chap qanotdan to'pni mehmonlar jarima maydonchasi tomon uzatdi. Darvozabon to'pga chiqishga xatoga yo'l qo'ygan paytda BGUdan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'yadigan futbolchi topilmadi.

25. "Energetik-BGU" hujumga o'tayotgandi. Mavatuning havolatib uzatgan pasi Yaxshiboevgacha etib bormadi.

21. UXXXXXX!!! Jasur Yaxshiboev burchakdan to'pni ajoyib tarzda raqib darvozasi yoniga uzatgandi. Afsuski, hech kim gol ura olmadi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

18. Stanislav Sazonovich taxminan 25 metrlardan kuchli zarba yo'llagandi. To'p BGU darvozasi yonidan o'tib ketdi.

16. "Gorodeya" darvozasi yonida havfli vaziyat yuzaga keldi. 3 bora havolatib uzatilgan to'plarga hech kim darvoza tomon zarba yo'llamadi. Umuman olganda dastlabki 15 daqiqalikda mezbonlar yaxshi o'ynashmoqda.

15. ZARBAAAAAAA!!!! Mavatu ham 2 raqibining orasidan o'tib ketdi va zarba yo'lladi. Franciyalikning tepgan to'pi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

13. Ana endi "Gorodeya"da jarima zarbasi. Deyarli burchak to'pi tepiladigan nuqta tomonda. Yo'q, havolatib uzatilgan to'pni Sadovskiy ushlab oldi.

12. Ruslar sharhlovchisi Jasur Yaxshiboevni maqtab o'tdi.

10. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Yaxshiboev birdaniga 3-4 raqibini aldab o'tib, darvozaga kuchli zarba yo'lladi. Birozgina noaniq.

8. Uning uzatgan ajoyib pasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

7. Mavatuni yiqitishdi. Mezbonlar unchalik qulay bo'lmasa-da, jarima zarbasiga ega bo'lishdi. To'p oldida Yaxshiboev.

4. Noskoning zarbasini darvozabon qaytardi. Keyinchalik burchakdan Mavatu to'pni Yaxshiboevga oshirib berdi. Jasurning to'p uzatishi esa darvozaning yuqori qismidan o'tib ketdi.

3. O'tgan 3 daqiqa mobaynida Jasur 2 marta to'pga tegdi va ikkisida ham oldirib qo'ydi.

2. "Energetik-BGU" bugun oq libosda, raqib "Gorodeya" esa yashil kiyimlarda o'ynamoqda.

- O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика