Belarus chempionati. Yaxshiboev "Vitebsk"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
25 may 2020 10:20
Yangiliklar


Belarus chempionati. Yaxshiboev "Vitebsk"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Energetik-BGU"da Belarus chempionatining navbatdagi turi oldidan jiddiy yo'qotish bor.
Musobaqa to'purari Jasur Yaxshiboev keyingi tur doirasida "Vitebsk"ga qarshi o'yinni sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuboradi.
22 yoshli o'yinchi "Isloch"ga qarshi o'yinda chempionatdagi to'rtinchi sariq kartochkasini olgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" 10 turdan so'ng 21 ochko jamg'ardi. Etakchi BATEdan 1 ochko kam to'plagan holda jadvalda ikkinchi o'ringa joylashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar