Belarus chempionati. "Energetik-BGU" Abdixoliqovning so'nggi daqiqada urgan goli evaziga g'alaba qozondi
17 iyu 2022 22:02
Yangiliklar
Belarus chempionati. "Energetik-BGU" Abdixoliqovning so'nggi daqiqada urgan goli evaziga g'alaba qozondi
Belarus Oliy ligasining 11-turidan o'rin olgan "Belshina" - "Energetik-BGU" uchrashuvi yakunlandi.
Murosasiz kechgan uchrashuvning 90+4 daqiqasida Bobir Abdixoliqov raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi. Qayd etish joiz, mehmonlar safida o'zbekistonlik uch nafar futbolchi — Abduqodir Husanov, SHohruh Abdurahmonov va Bobir Abdixoliqov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va uchrashuvda to'liq ishtirok etishdi. Qolaversa, Abdurahmonov yagona golga assistentlik qildi, shuningdek, birinchi bo'limning 38-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi.
"Energetik-BGU" ayni damda 25 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi. Ikki ochko kam to'plagan, biroq ikki o'yin kam o'tkazgan BATE ikkinchi pog'onadan o'rin olgan. Mag'lubiyatga uchragan "Belshina" esa 11 ochko bilan 11-o'rinda joylashgan.
Fikrlar