So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

⚡️ Belarus. Abdixoliqov Davidovning rekordini takrorladi. "Energetik-BGU" esa klub tarixidagi eng yaxshi natijaga yaqin Yangiliklar

⚡️ Belarus. Abdixoliqov Davidovning rekordini takrorladi. "Energetik-BGU" esa klub tarixidagi eng yaxshi natijaga yaqin

Belarus Oliy Ligasida “Energetik-BGU” 15-tur doirasida qoldirilgan o'yinda hamshahari “Dinamo”ni yirik (4:1) hisobda mag'lub etib, turnir jadvalida 2-o'rnini mustahkamladi.

Peshqadam “SHaxtyor Soligorsk” bilan oradagi farq esa 2 ochkoni tashkil etmoqda.

O'tgan o'yinda dublga erishgan Bobir Abdixoliqov chempionat bu mavsumidagi gollari sonini 25 taga etkazib oldi. 

U bir mavsum davomida musobaqada eng ko'p gol urgan legioner Sergey Davidov bilan tenglashdi. Rossiyalik futbolchi 2001 yil “Neman” safida xuddi shuncha gol urgandi. Umuman olganda esa mavsum davomida gol urish bo'yicha Abdixoliqov va Davidovdan oldinda faqatgina ikki futbolchi bor:

1. Andrey Xlebosolov - 34 (1996, "Belshina", Belarus);

2. Roman Vasilyuk - 31 (2000, "Slaviya", Belarus).

Minskliklar chempionat finishiga qadar yana ikkita uchrashuv o'tkazadi. Ularni 29-tur doirasida 6 noyabrda “Gomel” bilan safardagi o'yin va 30-tur doirasida yana “Dinamo” (Minsk) bilan derbi (12 noyabr) kutmoqda. Jamoa kuchli uchlikdan tushib ketmasa, keyingi mavsum evrokuboklarda qatnashadi. Qayd etish joizki, "Energetik-BGU" o'z tarixida hali biror marta chempionatni top-3'da yakunlamagan. 

Musobaqa tarixida sovrindorlar qatoridan 14 ta jamoa joy olgan: BATE, “Dinamo” (Minsk), “SHaxtyor” (Soligorsk), “Slaviya” (Mozir), “Belshina”, “Gomel”, “Dnepr” (Mogilyov), “Dinamo” (Brest), “Vitebsk”, “Dinamo-93” (Minsk), “Neman”, “Partizan”, “Torpedo-BelAZ” hamda “Minsk”.

Malumot o'rnida, Bobir Abdixoliqov Evropada 2022/23 yilgi mavsumida “Oltin butsa” uchun davogarlar ro'yxatida 4-o'rinda bormoqda.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика