So’nggi yangiliklar

19:45"Ливерпуль" "Ювентус" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:45Суперлига. "Қизилқум" – "Локомотив" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:19"Челси" ва "Атлетико" "Атланта Юнайтед" ўйинчисига даъвогар  1 19:00Суперлига. ОКМК - «Бунёдкор» 0:0 (Матнли трансляция)  1 18:43"Манчестер Юнайтед" ва "Атлетико" "Болонья" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 18:00Максим Шацких: "Украина терма жамоаси ҳозирги таркиб билан Еврода узоққа бориши мумкин"  9 17:26Про лига. "Машъал" сафарда "Олимпик-MobiUz" билан дуранг ўйнади  4 17:11АПЛ болбойларнинг ўйинга таъсирини чеклайди  1 16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  2 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  1 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  8

Belarus. Abdixoliqov BATEga gol urgan 13-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi? Yangiliklar

Belarus. Abdixoliqov BATEga gol urgan 13-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi?

Belarus chempionati 13-turida hamma intiqib kutgan o'yin ham bo'lib o'tdi.

BATE o'z maydonida musobaqaning asosiy sensaciyasi — "Energetik-BGU"ni qabul qildi. Bahs bir savolga oydinlik kiritishi kerak edi: "talabalar" kuchli raqib va asosiy raqobatdoshiga munosib qarshilik ko'rsata olishadimi? Ular buning uddasidan chiqishdi: mag'lub bo'lishmadi — 1:1.

Lekin afsuski, o'zbek derbisi bo'lmadi. SHahboz Umarov doimgidek borisovliklar qaydnomasiga kiritilmadi. Biroq aytishlaricha, yarim himoyachining o'ziga xos "seriyasi" tez orada tugaydi va u mavsum oxirigacha Qozog'istonning "Ordabasi" klubiga ijaraga beriladi.

Poytaxt klubining uch o'zbek futbolchilari esa odatdagidek, uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. O'yin starti "talabalar" uchun omadsiz chiqdi. Stanislav Dragun 2-daqiqadayoq to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi va hisobni ochdi. BATE yana bir necha bor yaxshi hujumlar uyushtirdi, ammo golkiper qator zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Mezbonlar tashabbusni qo'lga olib, birinchi taym o'rtalarigacha to'pga egalik qilishdi. Keyin esa "Energetik-BGU" o'ziga keldi va raqib himoya chiziqlarini yorib o'ta boshladi. SHunday daqiqalar bo'ldiki, "Borisov-Arena"ga to'plangan muxlislar mezbon futbolchilarining o'yinidan ochiqchasiga norozi bo'lib, hushtakbozlik qilishdi.




Minskliklar 73-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Danila Nechaev jarima maydonida Yaroslav Makushinskiyni yiqitdi. Natijada penalti belgilandi. Bobir Abdixoliqovning o'ng oyoqdagi zarbasini Angdrey Kudravec qaytardi, ammo qaytgan to'pga berilgan keyingi zarbada ojiz qoldi.

Bu gol o'zbekistonlik futbolchining 13-o'yindagi 14-goli bo'ldi. Hujumchi ketma-ket 7 o'yindan beri gol urmoqda ("Baranovichi"ga qarshi kubok bahsini ham hisobga olganda). Qoyil!

Qisqacha statistika: Jamoalar 13 martadan darvoza tomon zarba yo'llashdi (BATEning 6ta zarbasi, "Energetik"ning 5ta zarbasi aniq chiqdi). "Talabalar" 6ta, raqibi esa 1ta burchak zarbasi berdi. Uchrashuvda Borisov klubi 40 marta, minskliklar esa 50 bora hujum uyushtirishdi. SHu bilan birga, 12ta hujum zarbalar bilan yakunlangan. Eng muhimi: xG koefficienti bo'yicha BATE o'zining "normasi"ni bajardi — 1.15, "Energetik" esa yana bitta golsiz qoldi desak bo'larmikan — 2.05.




Aleksandr Mixaylov bu shogirdlarining joriy mavsumdagi eng yomon o'yini ekanini tan oldi. Birinchi navbatda, murabbiy ko'p xatolarni qayd etdi, lekin natijani adolatli deb topdi. Uning hamkasbi Pavel Rodnenok ham oxirgi fikrga to'liq qo'shildi.

Endi o'yinchilar haqida gaplashamiz. Himoyachi Abduqodir Husanov 90 daqiqa harakatlandi, raqib darvozasiga 1 marta zarba yo'lladi, 1 bor raqiblarini aldamchi harakatlar evaziga chalg'itishga urinib ko'rdi (muvaffaqiyatli), yakkakurashlarning 59 foizida ustun keldi (86% himoyada, 71% "ikkinchi qavatda"), 13 bor to'pni jamoasiga qaytarib berdi va 4 marta to'pni raqibidan olib qo'ydi. SHuningdek, raqibning 3 zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

SHoxruhbek Abdurahmonov ham to'liq o'ynadi. Yarim himoyachi 77% aniq uzatma berdi (to'liq o'ynaganlar orasida 3ta markaziy himoyachidan keyin eng yaxshi ko'rsatkich), 6 marotaba dribling ishlatdi (2tasi "o'xshadi"), 9 marta to'pni jamoasiga qaytarib berdi va raqib jarima maydonida 2 marta to'pga tegdi.




Bobir Abdixoliqov hushtak chalinguncha harakatlanmadi — 90+1-daqiqada uning o'rniga Maksim Kunskiy maydonga tushirildi. Hujumchi darvozaga 2 marta zarba berdi va ikkisi ham aniq (bahsda hech kim undan ko'proq aniq zarba bermadi). Uning 3tadan 2ta aldamchi harakati muvaffaqiyatli yakunlandi. Gvaradze, Gromiko va Vasilevichda yaxshiroq natija — 3tadan 3ta muvaffaqiyatli harakat.

O'yin durang natija bilan tugadi va vaziyat amalda o'zgarmadi. Hafta o'rtasida BATE "Sluck" ustidan qozongan g'alabasi hisobiga turnir jadvali etakchisi bo'lib turibdi. Jamoa hisobida 28 ochko bor. "Talabalar" esa 1 ochko ortda qolishmoqda — 27 ochko. 3-pog'onani band etib turgan "Dinamo Minsk" hisobida 25 ochko bor. "Energetik-BGU" keyingi tur o'z uyida "Gomel"ni qabul qiladi.





Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика